Gulsara Yoqubova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulsara Yoqubova (1937.15.4, Urganch) — Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). Bolalikdan xorazm lapar, qoʻshiq va raqslarini ijro etib, turli koʻrik-tanlovlarda, shu jumladan 6 Jahon yoshlari festivalida qatnashgan (1957, Moskva). Oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshidagi Xorazm ashula va raqs ansamblining yakkaxon xonandasi (1957—59), Muqimiy teatrida xor xonandasi va aktrisa (1959—68), "Lazgi" ansamblida yakkaxon xonanda (1968y.dan) va uning direktori (1994-yildan). Sahnada Salomat ("Toshbolta oshiq"), Jonsuluv ("Jon qizlar"), Shakaroy ("Ishking bilan") kabi rollarni ijro etgan. Konsert repertuaridan asosan xorazm lapar va qoʻshiklari, shuningdek, oʻzbek bastakorlari asarlari oʻrin olgan: "Boboyjonim" (A. Otajonov), "Yoshlar valsi", "Militsioner yorim bor", "Dalalar soʻlimsoʻlim" (M. Mirzayev), "Xiva dilbari" (M. Yusupov), "Omonomona geddik" (R. Kurbonov) va b. Gulsara Yoqubova Arka momo rolida ("Arka momoning niyat kitobi" musiqiy tomoshasi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil