Kontent qismiga oʻtish

Gulsanam Xasanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulsanam Xasanova
Tavalludi 1982-yil 28-fevral
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani
Kasbi pedagog
Ish joylari O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni dotsent
Veb-sayt https://uzjoku.uz/uz

Gulsanam Xasanova (1982-yil 28-fevral) – oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri. „The way of science“ va „European Modern Studies Journal“ xalqaro ilmiy jurnallari tahrir hayʼati aʼzosi

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xasanova Gulsanam Xusanovna 1982-yil 28-fevralda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. 2003-yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti bakalavriatura bosqichini tugatgan. 2007-yilda Namangan davlat universiteti magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga grant asosida qabul qilingan va 2009-yilda adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan. 2014-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasining davlat boshqaruvi (ijtimoiy menejment) mutaxassisligi boʻyicha magistraturani davlat granti asosida tamomlagan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulsanam Xasanova ilk ish faoliyatini 2003-yilda Jalaquduq agrosanoat kasb-hunar kollejida ingliz tili fani oʻqituvchisi lavozimidan boshlagan. 2006-2014 yillarda Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey xorijiy tillar kafedrasi mudiri, 2018-2019 yillarda Andijon davlat universiteti huzuridagi Andijon viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2019-2020 yillarda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi vazifalarida faoliyat yuritgan. 2020-yil 28-avgustdan hozirga qadar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulsanam Xasanova 2019-yilda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha „Oʻzbekiston va Yaponiya umumtaʼlim va professional taʼlim tizimlari qiyosiy tahlili“ mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022 yilda pedagogika fanlari boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan. U tomonidan 70 dan ortiq ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar, jumladan 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 monografiya, 1 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 30 dan ortiq tezislar chop etilgan. 2019 yilda Latviyaning Lambert Akademik nashriyoti bilan hamkorlikda „Vocational education systems of Uzbekistan and Japan: a comparative analysis“ nomli oʻquv qoʻllanmasi chop etildi. Xirsh indeksi 13. „The way of science“ va „European Modern Studies Journal“ xalqaro ilmiy jurnallari tahrir hayʼati aʼzosi.

1 ta xalqaro amaliy loyihasi koordinatori va rahbari, 1 ta innovatsion loyiha ishtirokchisi hamda 1 ta milliy amaliy loyihasi rahbari.

2021-2022 yillarda SUZ80021GR3137 raqamli „Developing English writing skills at upper-intermediate level (Ingliz tilida yozish koʻnikmalarini rivojlantirish (yuqori-oʻrta darajada))“ xalqaro amaliy loyihaga rahbarlik va koordinatorlik qilgan.

2021-2022 yillarda IZ-202102272 raqamli "Bolalarning bilish jarayonlari va matematik tasavvurlarini rivojlantiruvchi „Aqlli bogʻcha“ elektron portalini yaratish" nomli innovatsion loyihada katta ilmiy xodim vazifasida ishlagan.

Hozirda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2023-2025 yillarda bajarilayotgan AL-672205602 raqamli koʻzi ojizlar uchun „Spelling audio dictionary“ audio qoʻllanmasini yaratish nomli amaliy loyihasi rahbari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. „Oʻzbekiston va Yaponiya umumtaʼlim va professional taʼlim tizimlari qiyosiy tahlili“

2. Magistratura talabalarida tashkiliy-boshqaruv kompetentlikni rivojlantirishning integrativ tuzilmasi va tarkibiy-mazmuniy komponentlari

3.Vocational education systems of Uzbekistan and Japan: A comparative analysis

4.Sravnitelniy analiz sistem obщeobrazovatelnogo i professionalnogo obrazovaniya Uzbekistana i Yaponii

5.Main trends of modernization of education system: national and international analysis (38-40)