Gulnobod jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gulnobod jangi - Eron safaviplari va afgʻon qoʻshinlari oʻrtasida (1722 y. 8 mart) boʻlgan jang . Isfahon yaqinidagi Gulnobod qishlogʻi yaqinida safaviy qoʻshinlari butunlay tor-mor qilingan. Afgʻonlar qoʻshini rahbari Mahmud Gilzoyi (Xotaki) bundan foydalanib, safaviylarning poytaxti Isfahonni qamal qilgan. 1722 y. 22 okt.da Eron shohi Husayn Safaviy Isfahonni afgʻonlarga topshirgan. Shu yiliyoq Mahmud Gilzoyi Eron shohi taxtiga oʻtirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil