Gulchehra Ibragimbekova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulchehra
Tavalludi
Gulchehra

1951-yil 24-dekabrda
Samarqand shahrida
Fuqaroligi O'zbekiston
Kasbi aktrisa
Filmlari Suv yoqalab, Afsus, Begona bahor, Baxt ovchisi, Dev bilan pakana, Tutash taqdirlar, Shabbona
Turmush oʻrtogʻi Turg'unbek Ibrohimbekov
Bolalari bir o'g'il, ikki qizi bor
Mukofotlari "Mehnat shuhrati" ordeni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

Gulchehra Ibragimbekova — oʻzbek teatr va kino aktrisasi[1]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[2]. Aktrisa Gulchehra Ibragimbekova 1951-yil 24-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Oilada 5 nafar farzand boʻlishgan: bir oʻgʻil va 4 qiz. Yoshligi Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtgan[3]. Gulchehra Ibragimbekova maktab yillarida dutor va raqs to‘garaklariga muntazam qatnashib kelgan. Maktab tadbirlaridagi chiqishlari tufayli aktyorlik sanʼatiga qiziqib qolgan[4].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘rta maktabni tugatgach, Toshkentga kelib, Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi.

O‘qishdan so‘ng hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mehnat faoliyatini boshladi[5].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulchehra Ibragimbekova 20 yoshida sinfdoshi Turgʻunbek Ibrohimbekovga[6] turmushga chiqdi. Oʻzaro turmushda bir oʻgʻil va ikki qiz dunyoga keldi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i Madaniyat kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, Gulchehra Ibragimbekova ham shu kollejda dars bergan.

Ijod pallasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulchehra Ibragimbekova aktrisa sifatida o‘nlab spektakl va filmlarda suratga tushgan. Aktrisa ushbu teatrlashtirilgan spektakllardagi rollari bilan tomoshabinga tanilgan, xususan, „Parvona“[7] spektaklidagi Nazokat obrazi[8] uni mashhur aktrisaga aylantirib, ko‘plab muxlislar orttirishiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari aktrisa rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yilda suratga olingan „Begona bahor“ filmidagi zolim qaynona roli bilan muxlislari yodida qolgan.

Hozirgi kunda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatadi.

Mashhur rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Film va spektakllar nomi Roli
1 Parvona spektakli[9] Nazokat
2 Begona bahor[10] Zolim qaynona
3 Tutash taqdirlar[11] (rej.Zamira Begimqulova) Sovchi
4 Afsus[12] Anorani onasi
5 Suv yoqalab[13] Epizod
6 Shabbona[14] Baxromning onasi (Malika)
7 Alvido Rustamning onasi
8 Baxt ovchisi[15] Umidning onasi
9 Oʻtgan kunlar spektakli[16] Oʻzbekoyim
10 Dev bilan pakana[17] Epizod

Ommada kam chiqish sababi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisaning hayotida quvonchli va qaygʻuli kunlar koʻp boʻlgan. Bir necha yil ichida u onasi, yolgʻiz akasi, singlisi va jiyanidan ayrildi. Bu yoʻqotishlar uning uchun katta zarba boʻldi. Shuning uchun u uzoq vaqt davomida televizorda koʻrinmaydi[18].

2021-yilda aktrisa 70 yosh yubileyini nishonladi[19].

Gulchehra Ibragimbekova „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]