Guilherme Marinato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guilherme Marinato
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guilherme Alvim Marinato
Tavallud sanasi 12-dekabr 1985-yil (1985-12-12) (38 yosh)
Tavallud joyi Cataguases, Minas Gerais, Brazilya
Boʻyi 1.98 m[1]
Ampluasi Goalkeeper
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv Moscow
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2005 PSTC

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 7-sentyabr uchun)

Guilherme Alvim Marinato (ruscha: Гилье́рми Алви́н Марина́ту 1985-yil 12- dekabrda tugʻilgan) professional futbolchi, Moskvaning „Lokomotiv“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan Guilherme Rossiya fuqaroligini olgan va Rossiya milliy futbol jamoasi vakili hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atletiko Paranaense[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2005-yil 13-fevralda Campeonato Paranaenseda Nacional Atletico Clube mehmoni boʻlib, 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan tarzda Atletiko Paranaense uchun professional debyutini oʻtkazgan. Gilyerme Marinato klub safidan yuqoriga koʻtarilib, 2007-yilgi mavsumda 18 liga oʻyinlari va Braziliya kubogida uchta oʻyin oʻtkazgan[2].

2007-yilning avgustida Giyerme Marinato Moskvaning Lokomotiv klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[3] va Rossiya futbolidagi birinchi braziliyalik darvozabonga aylangan[4]. Unga 85-raqamli futbolka topshirilgan. 2007-yilda u asosiy tarkibda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan, oʻrinbosarlar safida bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan. 

Gilerme Marinato 2009-yil 12-iyulda Rossiya Premer-ligasida Tomskga qarshi oʻyinda (0:0) oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazgan, oʻshandan beri "Lokomotiv"ning asosiy darvozaboni boʻlib kelmoqda. 2010-yilda Giyerme forma raqamini 85 dan 1 ga oʻzgartirgan[5]. Bu mavsumda u liganing barcha 30 uchrashuvida maydonga tushgan. 2010-yil 19-avgustda Giyerme UEFA Yevropa ligasidagi debyutini " Lozanna-Sport „ga qarshi oʻtkazgan.

2013-yilning fevral oyida Kiprdagi qishki lagerda Giyerme Marinato bosh murabbiy Slaven Bilich tomonidan “Lokomotiv " sardori etib tayinlangan[6]. 2013-yil iyul oyida Giyerme Marinato „Lokomotiv“ muxlislari oʻrtasidagi oylik tanlovida gʻolib chiqdi va oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[7]. U 2014-yil 28-iyulda CSKAga qarshi oʻyinda xoch boylamlari jarohatidan keyin olti oyni oʻtkazib yuborgan va keyingi yilning bahorida asosiy jamoaga qaytgan. Bu mavsum Gilerme uchun Lokomotivda eng muvaffaqiyatli boʻlgan, Loko bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

2015-yil mart oyida uning oʻyinlari unga yana bir bor „Lokomotiv“ jamoasining oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini taqdim etgan.

2022-yilning 23-may kuni Giyerme „Lokomotiv“ bilan 2024-yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolagan[8].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guilherme Marinato Braziliyada tugʻilib oʻsgan. U Rossiya fuqaroligini olgan va 2015-yilning 22-noyabr kuni futbol boʻyicha Rossiya milliy terma jamoasi safida Litva va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan. U 2016-yilning 26-martida Otkrytiye Arenada debyutini oʻtkazgan va oʻyinda hamkasbi Stanislav Kritsyuk oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan Rossiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.  U UEFA Yevro-2016da Rossiya terma jamoasiga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 

2018-yilning 11-may kuni u Rossiya terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatining kengaytirilgan tarkibiga zaxira 5-darvozabon sifatida kiritilgan. U jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilmagan. Igor Akinfeev jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini tugatgandan soʻng, Giyerme Andrey Lunyov bilan raqobatlashib, jamoaning birinchi darvozaboniga aylangan.. Yevro-2020 saralashining 10 ta oʻyinidan 6 taoʻyin oʻtkazib, atigi 8 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marinato rus tilini yaxshi biladi. 2015-yil 22-noyabrda Gilerme Rossiya fuqaroligini olgan va Rossiyani xalqaro miqyosda himoya qilish huquqini olgan.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Continental Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Atlético Paranaense 2005 A Seriya 0 0 0 0 ? 0 0 0 ? 0
2006 0 0 ? 0 ? 0 ? 0
2007 18 0 3 0 ? 0 21 0
Jami 18 0 3 0 ? 0 0 0 21+ 0
Lokomotiv Moscow 2007 RPL 0 0 0 0 0 0
2008 0 0 0 0 0 0
2009 17 0 0 0 17 0
2010 30 0 1 0 2 0 33 0
2011-12 40 0 2 0 8 0 50 0
2012-13 11 0 0 0 11 0
2013-14 6 0 0 0 6 0
2014-15 19 0 4 0 2 0 25 0
2015-16 30 0 0 0 1 0 8 0 39 0
2016-17 29 0 4 0 33 0
2017-18 23 0 0 0 1 0 7 0 31 0
2018-19 30 0 5 0 1 0 6 0 42 0
2019-20 24 0 0 0 1 0 5 0 30 0
2020-21 25 0 4 0 1 0 6 0 36 0
2021-22 19 0 0 0 1 0 4 0 24 0
Jami 303 0 20 0 6 0 48 0 377 0
Kareyerada jami 317 0 23 0 6+ 0 48 0 394+ 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atletiko Paranaense
  • Kampeonato Paranaense : 2005-yil
Lokomotiv Moskva
  • Rossiya kubogi : 2014-15, 2016-17, 2018-19 2020-21[9]
  • Rossiya Premer-ligasi : 2017-18
  • Rossiya Superkubogi : 2019

Shahsiy yutuqlar

  • Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi darvozaboni: 2020-21[10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]