Gruziya fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gruziya fanlar akademiyasi -Gruziyaning oliy ilmiy muassasasi. 1941 yil sobiq SSSR Fanlar akademiyasi Gruziya filiali va Tbilisi universiteti huzuridagi bir qancha ilmiy tadqiqot muassasalari negizida tashkil etilgan. Tbilisi sh.da joylashgan. 1998 yil akademiya tizimida 9 boʻlim, 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasa, 5346 ilmiy xodim ishladi. Akademiya "Gruziya fanlar akademiyasi xabarlari" (1941 yildan), "Matsne" ("Axborotnoma", 1960 i.dan, Ijtimoiy fanlar boʻlimi organi) va "Mesniyeraba da texnika" ("Fan va texnika", 1949 yildan) ilmiy jur. lar, monografiya, fanning turli sohalari boʻyicha ilmiy asarlar nashr etadi. Akademiya prezidenti — A. Taxvelidze (1986 yildan).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil