Kontent qismiga oʻtish

Granulyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Granulyatsiya (lotincha: „granulum“ — donacha, zarracha) — 1) texnikada donadorlash — moddalarga mayda boʻlaklar — granulalar (donalar) shaklini berish. Bu usul, masalan, metallurgiyada (shkalalar, metallar va shteynlar granulyatsiyasi), energetika xoʻjaligida (qozonxona shlaklari granulyatsiyasi), kimyo sanoatida (shisha, ammiak selitrasi, superfosfat granulyatsiyasi) va boshqa sohalarda qoʻllanadi;

2) tibbiyotda — yarachaqalarning bitib, yangidan et olishi (qarang Granulyatsion toʻqima);

3) astronomiyada — Quyosh betidagi donador yorugʻ tuzilmalar. Havo ochiq paytlarda koʻrinadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil