Shteyn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shteyn (nem. tosh) — rangli metallurgiyaning oraliq yoki qoʻshimcha mahsuloti. Sulfidli (oltingugurtli) rudalar va ruda aralashma (konsentrat) laridan baʼzi rangli metallar (mis, nikel, qoʻrgʻoshin va boshqalar) olishda ishlatiladi. Tarkibidagi boshqa metallarning sulfidlari miqdoriga qarab, Sh. misli, nikelli, misnikelli, qoʻrgʻoshinli, misqoʻrgʻoshinli turlarga boʻlinadi. Baʼzi shahrida rux, marganets, kumush, kaltsiy va boshqalar metallarning sulfdlari ham boʻladi. Rangli metallar (mas, mis) olish uchun Sh. konvertersa qayta ishlanadi. Bunda mis sulfidining oksidlanish reaksiyasi (Si23+1 U202=Si20+502)da ajralgan issiqlikdan foydalaniladi. Konverterda Sh. eritmasi qatlami orqali siqilgan havo (kislorod) yuboriladi. Shunda oltingugurt va temir oksidlanadi, oltingugurt gaz koʻrinishida, temir esa konverter shlagi tarzida chiqib ketadi. Olingan mahsulot xomaki mis deb ataladi. Bu usul (shahrini bessemerlash) nikel, qoʻrgʻoshin va boshqalar metallar ishlab chiqarishda ham qoʻllanadi.