Kontent qismiga oʻtish

Grace Nichols

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grace Nichols
Tavalludi 1950 (yoshi 73–74)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1]
Turmush oʻrtogʻi John Agard

Grace Nichols – 1950-yilda tugʻilgan. 1977-yilda Buyuk Britaniyaga ota-onasi bilan koʻchib oʻtgan. Gvaniyalik shoir. Uning birinchi toʻplami, „Men uzoq vaqt esda qolgan ayolman“ 1983-yil, Commonwealth Poetry Prize mukofatiga sazovar boʻlgan. 2021-yil dekabr oyida Nikolsning sheʼrlari Queenʼs Gold Medal for Poetry oltin mukofati sovrindori.

Grace Nichols Gujana shtatida tugʻilgan, va mamlakat sohilidagi kichik bir qishloqda yashagan[2]. Nichols sakkiz yoshida oilasi bilan shaharga koʻchib oʻtgan[3]. Nichols Guyana universitetining kommunikatsiyalar yoʻnalishida oʻqigan va bakalavr darajasini olgan. 1977-yilda Buyuk Britaniyada oʻqituvchi va jurnalist, hukumat axborot xizmatlarida ishlagan[4]. Nicholsning koʻpgina sheʼrlari Karib ritmlari va madaniyatiga bagʻishlab yozilgan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning birinchi sheʼriy toʻplami, „Men uzoq vaqt esda qolgan ayolman“ 1983-yilda Commonwealth poeziya mukofotiga sazovar boʻlgan[2]. Ushbu sheʼriy toʻplamiga bagʻishlab film suratga olingan. Keyinchalik Nyu-York xalqaro kino va televideniye festivalida oltin medalni qoʻlga kiritgan. BBC teleradio kompaniyasida ham namoyish etilgan. Nichols kattalar uchun yozilgan „Hull of a Morning Sky“ romani 1986-yilda nashr etgan. 1992-yilda uning ishi „Afrika qizlariantologiyasiga bagʻishlab asarlar yozgan.

Nikols yana bir necha sheʼriy kitoblarni nashr etgan. shu jumladan 2006-yilda yangi va tanlangan sheʼriyotlar, Uchuvchi baliqni hayratda qoldirish, va bolalar uchun kitoblari qisqa hikoyalar va sheʼriy antologiyalar toʻplamini oʻz ichiga olgan. Uning sheʼriyati AQA, WJEC va Edexcel ingliz adabiyoti IGCSE antologiyasida mavjud. Nicholsning asarlari Buyuk Britaniyadagi koʻplab GCSE talabalari oʻrganib chiqishgan.

2011-yilda Nikols birinchi marta poeta mukofotiga sazovar boʻlgan. Carol Ann Duffy boshchiligidagi „Anthologise“ nomli yangi maktab sheʼriy musobaqasining hakamlari aʼzosi boʻlgan[5]. Buyuk Britaniyaning turli yerlaridan 11-18 yoshdagi maktab oʻquvchilari haqida sheʼriy asarlarida yozilgan. Anthologisening birinchi gʻoliblari Monkton Combe maktabi, Bathning oltinchi sinf oʻquvchilari boʻlib, ularning „Yer shari hech qachon oʻlimga yoʻl qoʻymadi“ nomli antologiyasi mukofatga sazovar boʻlgan[5].

2021-yilda Nikolsning ijodlari poeta laureati Simon Armitage raisligida boʻlib oʻtgan tanlovda Queenʼs Gold Medal for Poetry oltin medaliga sazovar boʻlgan[6][7].

Nikols Sharqiy Sussex Lewes shahrida yashagan. Gvayaniya shoiri Jon Agard bilan ijod qilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 „Grace Nichols“. Literature | British Council. British Council. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  3. Grace Nichols profile at Curtis Brown.
  4. 4,0 4,1 Dawes, Kwame Senu Neville. Talk yuh talk: interviews with Anglophone Caribbean poets. University of Virginia Press, 2001 — 135 bet. ISBN 9780813919461. 2010-yil 6-iyunda qaraldi. 
  5. 5,0 5,1 „Anthologise – A national poetry anthology competition“, Picador, 14 July 2011.
  6. „The Queen's Medal for Poetry 2021“. The Royal Family (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  7. Bayley, Sian (10 December 2021). „Queen's Gold Medal for Poetry awarded to Nichols“. The Bookseller. Qaraldi: 5 August 2022.