Grace Dangmei
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 5-fevral 1996-yil[1] | ||
Tavallud joyi |
Dimdailong, Churachandpur, Manipur, ![]() | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Nasaf | ||
Raqami | 15 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016-2018 | KRYPHSA | 9 | (8) |
2019 | Sethu FC | 7 | (8) |
2021-2022 | Gokulam Kerala | 11 | (4) |
2022- | Nasaf | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2014 | Hindiston U19 | 3 | (1) |
2013- |
![]() | 45 | (12) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-may 2019-yil uchun) |
Grace Dangmei (1996-yil 5-fevralda tugʻilgan) — hindistonlik futbolchi, Qarshining „Nasaf “ klubi va Hindiston ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp suradi.[1] Grace Dangmei 2014-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2016-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida boʻlgan va Shri-Lanka darvozasiga ikkita gol urgan.[2][3] 2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida u finalning birinchi yarmida gol urdi va Hindistonga turnirda ketma-ket toʻrtinchi marta chempion boʻlishiga yordam berdi[4].
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Grace Manipur shtati, Churachandpur tumani, Kangvay boʻlinmasi, Dimdailong qishlogʻi Dangmei Simon Dangmei va Rita Dangmei oilasida tugʻilgan. Grace Dangmei Rongmei qabilasiga mansub[5].
Oʻyindagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Grace Dangmei Dangmei KRYPHSA bilan Hindiston Ayollar Ligasining ilk mavsumida oʻynadi va yana bir mavsumni klubda oʻtkazdi. Grace Dangmei 2019-yilda IWLning 3-nashri uchun Sethuga qoʻshildi. 2018-yilgi Hindiston ayollar ligasida u eng tez rivojlanayotgan oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻldi.[6] Grace Dangmei Sethu FC bilan 2019-yil 6-may kuni Manipur Police Sports Clubga qarshi birinchi oʻyinida dubl qayd etdi va 2018-2019 IWL mavsumida gʻolib chiqdi.
Keyin u 2021-yilda Gokulam Kerala safiga qoʻshildi[7] va vitse-kapitanlikni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, 2021-yil 15-iyul kuni Butun Hindiston Futbol Federatsiyasi (AIFF) ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2020-2021 pilot turnirida Hindiston vakili sifatida nomzod qilib koʻrsatildi.[8] Grace Dangmei 2021-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻyinlarida maydonga tushdi va 14-noyabr kuni Oʻzbekistonning "Bunyodkor" ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda ajoyib oʻyin koʻrsatdi va ular 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.[9][10][11] Oʻsha qitʼa turnirida ular uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 2021—2022-yilgi mavsumda uning jamoasi Gokulam Kerala chempionlikni qoʻlga kiritdi va ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi.
2022-yilning 2-iyulida Grace xorijda professional shartnoma imzolagani, Oʻzbekiston Ayollar Superligasi vakili Qarshining „Nasaf“ klubi[12][13] (rasmiy nomi „Sevinch Qarshi“ PFK nomi bilan tanilgan) bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[14].
Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Grace 2014-yilda Hindiston U-19 tarkibida maydonga tushgan.
Grace Dangmei 2013-yilda OFK saralash bosqichida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va ayollar terma jamoasining doimiy aʼzosiga aylanadi.[15] Milliy terma jamoadagi 6 yil davomida u 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan[16]. Keyinchalik, 2019-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida ular Nepalni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Uning 2020-yilgi OFK ayollar olimpiya saralashining 2-raundida Indoneziyaga qarshi oʻyinida erishgan dubl unga shuhrat keltirdi.
Grace 2021-yilgi Manausdagi ayollar futboli xalqaro turnirida Hindistonni himoya qildi va u yerda Braziliya[17][18] va Chili kabi jamoalar bilan toʻqnash keldi. Grace Dangmei 1-dekabr kuni Venesuelaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda gol urdi[19].
Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro oʻyinlar va gollar | ||
---|---|---|
Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
2013 | 2 | 0 |
2014 | 0 | 0 |
2015 | 2 | 0 |
2016 | 7 | 3 |
2017 | 7 | 1 |
2018 | 3 | 0 |
2019 | 18 | 13 |
Jami | 39 | 17 |
Xalqaro goli[tahrir | manbasini tahrirlash]
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2019-yil 3-aprel | Thuwunna stadioni, Yangon, Myanma | Indoneziya | 1 — 0 | 2-0 | 2020-yilgi ayollar olimpiya saralash turniri |
2. | 2 — 0 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hindiston
- SAFF ayollar chempionati : 2016, 2019
- Janubiy Osiyo oʻyinlari oltin medali: 2016, 2019
Sethu
- Hindiston ayollar ligasi: 2018-19
Gokulam Kerala
- Hindiston ayollar ligasi: 2021-22
- Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati: uchinchi oʻrin 2021-yil
Manipur
- Katta ayollar oʻrtasidagi futbol boʻyicha mamlakat chempionati: 2013-14
Individual
- AIFF tomonidan yilning eng yaxshi rivojlanayotgan futbolchisi: 2018−19[20]
- 2018-19 Hindiston ayollar ligasining rivojlanayotgan futbolchisi mukofoti
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Dangmei Grace profile“. AIFF. 2-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2020-yil.
- ↑ „South Asian Games 2016: Full squad for India Men and Women football team“. International Business Times. 8-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-fevral 2016-yil.
- ↑ „Sri Lankan men and women fastest in South Asia“. The Telegraph (9-fevral 2016-yil). 11-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-mart 2017-yil.
- ↑ „Football: India march to fourth SAFF Women's Championship title with 3–1 win against Bangladesh“. Scroll.in (4-yanvar 2017-yil). 27-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-mart 2017-yil.
- ↑ Adhikari. „Grace Dangmei Is Pretty Much The Pride Of Indian Women's Football But None Of Us Really Know Who She Is“. www.indiatimes.com. India Times (14-noyabr 2019-yil). 14-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ „Each Indian Women Team Player is a Star: Dangmei Grace“. Football Express (8-yanvar 2021-yil). 18-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Hero Indian Women's League Squad“. www.the-aiff.com. All India Football Federation. 15-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-aprel 2022-yil.
- ↑ „Gokulam Kerala FC to represent India in AFC Women’s Club Championship“ (en). The Indian Express (15-iyul 2021-yil). 14-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyul 2021-yil.
- ↑ „AFC Women's Club Championship: Gokulam Kerala edge out FC Bunyodkor to finish third | Goa News — Times of India“ (en). The Times of India (14-noyabr 2021-yil). 13-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
- ↑ Sportstar. „AFC Women's Club C'ship: Gokulam Kerala beats FC Bunyodkor 3-1 to end campaign on a winning note“ (en). Sportstar. 15-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Gokulam Kerala Beat FC Bunyodkor To End AFC Women's Club Championship Campaign On A High“ (en). Outlook India. 15-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Our forward Dangmei Grace becomes the second Indian women footballer to sign a professional contract abroad. She will represent FC Nasaf next season 💯✈️ We wish her all the best! See you soon in Uzbekistan🔥👊“. Twitter (Gokulam Kerala Football Club Official) (2-iyul 2022-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ 08:13 GMT. „Dangmei Grace signs professional contract with Uzbekistan's FC Nasaf“. thebridge.in. The Bridge (2-iyul 2022-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ 15:11 IST. „Dangmei Grace signs for Uzbek Super League club“. timesofindia.indiatimes.com. The Times of India (2-iyul 2022-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ „Indian women's football team to play friendlies against Hong Kong, Indonesia“. sportskeeda.com. Sportskeeda (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2020-yil.
- ↑ Shukla. „From defender in Manipur to forward in Indian football team: Tracing the journey of Dangmei Grace“. scroll.in. Scroll (24-iyul 2019-yil). 8-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ „WATCH | Manisha Kalyan Scores Historic Goal for Indian Womenʼs Football Team Against Brazil“ (en). News18 (26-noyabr 2021-yil). 16-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Manisha Kalyan scores against Brazil but India suffer 1-6 defeat-Sports News, Firstpost“ (en). Firstpost (26-noyabr 2021-yil). 26-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Indian women go down to Venezuela 1-2 in four-nation football tournament“. timesofindia.Indiatimes.com. The Times of India (2-dekabr 2021-yil). 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ „Sunil Chhetri and Ashalata Devi bag top honours at AIFF Awards“. Sportstar. The Hindu (9-iyul 2019-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2019-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Grace Dangmei Twitter sahifasi
- Grace Dangmei Facebook sahifasi
- Grace Dangmei at AIFF
- Grace Dangmei at GSA
- Grace Dangmei at Eurosport