Govsar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Govsar (fors, gov — hoʻkiz, sigir; cap — bosh) — qad. jang quroli, gurzining bir turi. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Eronning qad. shoxlaridan Faridun taxtga oʻtirgach, ogʻir vazndagi gurzisining boshini poʻlatdan sigir boshi shaklida yasatib, uni G. deb atagan. Urush maydonlarida aksari qozongan gʻalabasini G.ning xosiyati deb bilgan. "Shohnoma"da talqin etilishicha, goʻyo Faridun goʻdaklik chogʻida yovvoyi sigir emib katta boʻlgan, podsho sigir boshini oʻziga homiy va madadkor sifatida qabul qilib hurmatlagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil