Goroskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goroskop (yun. horoskopos — vaqtni kuzatuvchi), tolenoma — muayyan vaqt uchun sayyoralar va yulduzlarning bir-biriga nisbatan egallagan vaziyatlarini ifodalovchi jadval. Odam tugʻilgan yoki biron-bir muhim voqea yuz bergan paytda osmondagi sayyoralarning vaziyatiga muvofiq ravishda ular G.ning 12 "uyasi"ga joylashtiriladi. G. ilmi nujum (astrologiya), munajjimlikda qoʻllaniladi. G.ga koʻra, goʻyo sayyora va yulduzlarning oʻzaro vaziyatlariga asoslanib oʻziga xos usullardan foydalanib kishilarning taqdirini, voqealarning rivojini aytib berish mumkin emish. Ilgari hukmdorlar munajjimlarning fatvosisiz biror muhim ishni (mas, urushni) boshlashmagan. G. boʻyicha bunday "fol ochish"ning samarasi ilmiy jihatdan asoslangan emas.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil