Google Cloud Platform

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Google Cloud Platform
Joriy holati Faol
Muassisi Google
Bosh ijrochi direktor Thomas Kurian
Ochilgan sanasi 7-aprel, 2008-yil (15 yil avval) (2008-04-07)
Aylanma mablagʻi AQSh$33,1 billion (2023)[1]
URL cloud.google.com
Qaysi dasturlash tilida yozilgan

Google Cloud Platform (GCP) – Google tomonidan taqdim etilgan bulutli hisoblash xizmatlari toʻplami boʻlib, foydalanuvchilarga hisoblash, maʼlumotlarni saqlash, maʼlumotlar tahlili va sunʼiy idrok kabi modulli bulut xizmatlarini, shuningdek, turli boshqaruv vositalarini taklif etadi[2]. GCP, Googlening ichki mahsulotlari, jumladan, Google Search, Gmail va Google Docs kabi foydalanuvchi mahsulotlari uchun ishlatiladigan infratuzilma asosida ishlaydi[3]. Roʻyxatdan oʻtish uchun kredit kartasi yoki bank hisob qaydnomasiga ega boʻlish talab etiladi[4].

GCP xizmat sifatida infratuzilma (IaaS), platforma sifatida xizmat (PaaS) va serverlarsiz hisoblash muhitlarini oʻz ichiga oladi.

2008-yilning aprelida Google, oʻzi tomonidan boshqariluvchi axborot markazlarida veb-ilovalarni ishlab chiqish va joylashtirish imkonini beruvchi App Engine platformasini eʼlon qildi va 2011-yilda ommaga taqdim qildi. App Engine platformasining eʼlon qilinishi, GCPga bir qator yangi bulutli xizmatlarning qoʻshilishiga olib keldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Alphabet Inc. 2023 Annual Form 10-K Report“. U.S. Securities and Exchange Commission (2024-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  2. „Google Cloud Products“. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  3. Verma, Abhishek „Large-scale cluster management at Google with Borg“,. Proceedings of the Tenth European Conference on Computer Systems, 17 April 2015. DOI:10.1145/2741948.2741964. ISBN 9781450332385. 
  4. „Google Cloud Free Tier – Google Cloud Platform Free Tier“. Google Cloud.