Gong Li
| Gong li | |
|---|---|
鞏俐 | |
|
| |
| Tavalludi |
1965-yil 31-dekabr |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Aktrisa |
| Faoliyat yillari | 1987 — hozirgi kunda ham |
| Yoʻnalish | Drama |
Gong Li — (talaffuzi, Gong li) Xitoy aktrisasi.
1965-yili 31-dekabrda Shenyanda tavallud topdi. Oilasidagi beshinchi farzand. Otasi Gong Litsee (xitoycha: 巩力泽) Lyaonin universitetining iqtisod fanlari professori, onasi Jao In (xitoycha: 赵英), shu universitetda materialshunos boʻlgan.
Gong li dunyoga kelganidan soʻng Shandunga koʻchib ketadi. Gun Li yoshligida musiqaga koʻngil qoʻyadi, aktyorlik hunariga juda ishtiyoqli boʻladi. 1983-yili maktabni bitirgandan keyin ikki yil ketma-ket oliy oʻquv yurtlariga imtihon topshirib, oʻqishga kira olmaydi.
1985-yili rejisser In Davey bilan tanishadi, shu kishi Gong Lini oʻqishga kirishga tayyorlaydi[1].
1989-yili Pekindagi Markaziy drama akademiyasini bitirib, shu yili taklifnoma oladi. Uni jahon darajasiga koʻtarib, mashhur qilgan rejissyor Jan Imou bilan shu vaqtda tanishadi.
Ilk bor „Krasni gaolyan“ filmida asosiy ayol rolini ijro etadi. Bu film Berlin xalqaro kino festivalida mashhur deb topiladi. 1993-yili Chen Kaygening „Proshay, moya nalojnitsa“ filmidagi asosiy rolni ijro etadi. 2010-yili "Shanxay" trilleriga tushgan. Qirqqa yaqin filmda rol ijro etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „章子怡访台 观众称她"小巩俐"“. 2013-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-fevral.