Gomologik xromosomalar
Qiyofa
Gomologik xromosomalar — bir xil genlarga ega boʻlgan, morfologik jihatdan oʻxshash, meyoz profazasida konʼyugatsiyalanadigan xromosomalar gomologik xromosomalar deyiladi. Diploid holatda har bir juft xromosama 2 tadan gomologik xromosomalarga ega. Meyozda gomologik xromosomalar har qaysi jinsiy hujayraga bittadan tarqaladi. Poliploid organ tizmlarda gomologik xromosomalardagi xromosomalar soni bir juftdan koʻp boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |