Gomeopatiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gomeopatiya (gomeo... va yun. pathos — dard, kasallik) — davolash sistemasi; uxshashni oʻxshashi bilan davolash ("oʻxshashlik qonuni") degan yoʻnalish boʻlib, bunda sogʻlom kishida muayyan kasallik belgisini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan dorilarning kichik dozasi bilan bemorni davolash tushuniladi. G.ning asosiy prinsiplarini nemis vrachi S. Xanemann (1755—1843) ishlab chiqqan (1796). G.da qoʻllaniladigan dorilarning deyarli barchasi farmakopeya talablari asosida tayyorlangan boʻlib, ular asosan turli oʻsimlik, hayvon mahsulotlari va minerallardan olinadi. Hoz. zamon gomeopatlari kimyoterapiya, jumladan sulfanilamid preparatlari va antibiotiklarnk zotiljam, sepsis va b. kasalliklarda qoʻllashni tan olib, kimyoterapiyani gomeopatik vositalar bilan birga qoʻllash kasallikning kechishini yengillashtiradi, deb hisoblaydilar. Ular ogʻir kechadigan kasalliklar (yuraktomir kasalliklari, bronxial astma va b.) da gomeopatik davo foyda bermaganda ilmiy tibbiyot vositalarini belgilangan dozalarda qoʻllash lozim, deb eʼtirof etadilar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil