Godfried Aduobe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Godfried Aduobe
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 29-oktyabr 1975-yil (1975-10-29) (48 yosh)
Tavallud joyi Accra, Gana
Boʻyi 1.78m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985—1993 Powerlines Accra
1993 Torino Calcio
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993—1994 BSC Old Boys 13 (2)
1994—1996 Young Boys Bern 39 (6)
1996—1998 Greuther Fürth 35 (4)
1998—2002 SSV Reutlingen 129 (7)
2002—2005 Hansa Rostock 45 (1)
2005—2011 Karlsruher SC 162 (2)
Milliy terma jamoa
Gana 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-iyun 2011-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-oktabr 2006-yil uchun)

Godfrid Aduobe (talaffuzi: Godfrid Aduobe; 1975-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — ganalik sobiq yarim himoyachi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aduobe yoshligida oʻzining tugʻilgan shahri Ganadagi Akkrada futbol oʻynay boshladi. 1993-yilda Italiyaning „Torino Calcio“ klubi yoshlar akademiyasiga qoʻshildi, oʻsha yili Shveysariyaning BSC Old Boys klubi bilan shartnoma imzoladi va jamoada ikkinchi divizionda 13 ta oʻyin oʻtkazdi[2]. 1994-yilda Shveysariyaning yana bir klubi „BSC Young Boyz“ga qoʻshildi va u yerda keyingi ikki mavsumni oʻtkazdi. Superligada jami 39 ta oʻyinda maydonga tushdi[3].

1996-yilda Germaniyaga koʻchib oʻtdi va futbolchilik faoliyatining qolgan 15 yilini ushbu mamlakatda oʻtkazdi[4]. 1998-yilda SSV Reutlingenga qoʻshildi. Keyingi toʻrt mavsumda klubda muntazam oʻynadi. SSV Roytlingen bilan dastlabki ikki mavsumida uchinchi divizionda jami 63 oʻyin oʻtkazdi[4]. Ikkinchi mavsumining oxirida klub 2. Bundesligaga koʻtarildi. SSV Reutlingen bilan uchinchi va toʻrtinchi mavsumlarida 2. Bundesligada klubning 68 oʻyinidan faqat ikkitada maydonga tushmadi[4][5].

2002-yilda Aduobe Bundesliganing „Hansa Rostok“ jamoasiga qoʻshildi, klubda oʻzining birinchi mavsumini asosiy tarkibda oʻynadi, oliy ligada jami 29 oʻyin oʻtkazdi[6]. Biroq, shundan soʻng asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi va 2004-yilning oʻrtalarida „Karlsruher SC“ga qoʻshildi[6][7].

2004—2005-yilgi mavsum oxiriga kelib 2. Bundesligada 13 oʻyinda ikkita gol urgandi[8][9]. Keyingi ikki mavsumda Aduobe asosiy oʻyinchilardan biriga aylandi va klubning 34 liga oʻyinlarining 30 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi[10]. Klubning keyingi Bundesligadagi ikki mavsumi davomida Aduobe 68 uchrashuvdan 46 tasida tarkibga kiritildi[11].

2009-yilda jamoa 2. Bundesligaga tushib ketganidan soʻng, yana ikki mavsumni Karlsruher SCda oʻtkazdi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Aduobe, Godfried“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 9-yanvar 2010-yil.
  2. „Godfried Aduobe“ (olmoncha). kleeblatt-chronik.de. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  3. „Godfried Aduobe » Vereinsspiele » Super League“ (olmoncha). Weltfussball.de. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Godfried Aduobe“ (olmoncha). kleeblatt-chronik.de. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  5. „Godfried Aduobe » Vereinsspiele » 2. Bundesliga“ (olmoncha). Weltfussball.de. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  6. 6,0 6,1 „Godfried Aduobe » Vereinsspiele » Bundesliga“ (olmoncha). Weltfussball.de. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  7. „Karriereende: Danke, Godfried!“ (olmoncha). Karlsruher SC (16-may 2011-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Godfried Aduobe » Vereinsspiele » 2. Bundesliga“ (olmoncha). Weltfussball.de. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  9. „Karriereende: Danke, Godfried!“ (olmoncha). Karlsruher SC (16-may 2011-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  10. 10,0 10,1 „Godfried Aduobe » Vereinsspiele » 2. Bundesliga“ (olmoncha). Weltfussball.de. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  11. „Godfried Aduobe » Vereinsspiele » Bundesliga“ (olmoncha). Weltfussball.de. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]