Goddard Robert
GODDARD (Goddard) Robert (1882.5.10, Vuster — 1945.10.8, Baltimor) — ameri kalik olim, raketa texnikasini yaratuvchilaridan biri. Vuster politexnika institutini tugatgan (1908). Klarkov institutida (1914—43), aviatsion tadqiqot byurosida direktor boʻlib (1942—45) ishlagan. Dunyoda birinchi boʻlib suyuqlikli raketa dvigatelini uchirgan. G. bir qator eksperimental suyuqlikli raketa va dvigatellarni ishlab chiqqan hamda sinagan. Oyning teskari tomonidagi kraterlardan biri G. nomi bilan ataladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |