Gluxar (mahkamlovchi buyum)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gluxar

Gluxar — biriktiriluvchi predmetning teshigida ichki rezba hosil qiluvchi oltiqirrali yoki kvadrat kallakli tashqi rezbali sterjen koʻrinishidagi mahkamlovchi buyum. Massiv predmetlarni bir-biriga oʻzaro biriktirganda, mahkamlovchi buyumga sezilarli darajada yuklama tushgan holatlar uchun qoʻllaniladi.

Tavsifi[tahrir]

Yog'ochsozlikda shurupga nisbatan aylantirish kuchini yaxshiroq yetkazib berish zarur bo'lgan hollarda foydalaniladi. Ularning diametri asosan 5–16 mm, uzunligi esa 25–300 mm bo'ladi. Qattiq yog'och bilan ishlanganda yog'ochni sinishini oldini olish uchun teshik uzunligi gluxar uzunligidan katta bo'lishi kerak. Taxtaga yoki dyubelgagayka kalit yoki gaykaaylantirgich bilan qotiriladi. Avvallari qishloq xo'jalik mashinasozligida ham foydalanilgan.

Havolalar[tahrir]