Giordano Bruno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Giordano Bruno
Tavalludi yanvar 1548
Vafoti 17-fevral 1600[1][2][3][4]
Fuqaroligi Neapol qirolligi
Giordano Bruno

Giordano Bruno (italyancha: Giordano Bruno, lotincha: Iordanus Brunus; - Giordano Filippo; 1548, Nola 1600.17.2, Rim) italyan faylasufi, kosmologi va shoiri; panteizm namoyandasi. Bruno xristian ilohiyoti asoslari bilan birga N. Kopernik nazariyasini oʻrgandi. U yoshligidan turli nazariyalarga tanqidiy koʻz bilan qarab, har bir masala boʻyicha oʻzining mustaqil fiqolarini qaramaqarshi qoʻyadi. Baʼzan uning bunday mustaqil gʻoyalari cherkov va xristianlik aqidalariga zid keladi. Hurfiqoliligi uchun inkvizitsiya tomonidan qattiqtaʼqib qilindi. Bruno taʼqibdan qochib Neapoldan Rimga oʻtdi, soʻngra Shveysariya, Fransiya, Angliya, Germaniyada yashadi. Untlarda astronomiya, falsafa va mnemonika, yaʼni xotirani rivojlantirish sanʼatidan maʼruzalar oʻqidi. Sxolastik falsafaga, katolik cherkoviga qarshi asarlar yozdi. Oʻz taʼlimotini "Nola falsafasi" deb atadi. 1592-yilda rohiblar uni aldab Venesiyaga taklif qildilar va inkvizitsiya qoʻliga topshirdilar. Bruno dahriylik (yereslik)da ayblanib, 8 yil qamoqda yotdi. Lekin oʻz dunyoqarashidan qaytmadi. Katolik cherkovi Brunoni gulxanda yoqib yubordi. Brunoning dunyoqarashi yunon faylasuflari, N. Kopernikning geliotsentrik sistemasi taʼsirida shakllandi. U geliotsentrik gʻoyani yanada rivojlantirdi, Quyosh sistemasidan tashqarida tirik mavjudotlar yashaydigan olamlar borligi haqida zamonasi uchun dadil fiqolar bayon etdi. Hamma narsa harakatda, uzluksiz rivojlanishda, yeru osmonda tabiat qonunlari mavjud deb billi. Lekin xudo tabiatda — narsalarning oʻzida deb tushundi. Bruno fan uchun kurashdi. Brunoning asosiy asarlari: "Gʻoyalar soyasi haqida" (1582), "Sabab, ibtido va yakkayuyagona haqida" (1584), "Cheksizlik, koinot va olamlar haqida" (1584), "Kuldagi ziyofat" (1584), "Pegas sirlari" (1585).

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]



  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)