Gidrogenerator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrogenerator (gidro... va generator) — gidravlik turbina yordamida aylanma harakatga keltiriladigan sinxron generator. Rotori gidroturbina ish gʻildiragi oʻqiga birlashtiriladi. Aylanish oʻqining joylashishiga qarab, G.ning vertikal va gorizontal xillari; aylanish chastotasiga qarab, sekin (100 ayl/min.gacha) va tez (100 ayl/min.

Gidrogenerator sxemasi

dan yuqori) aylanadigan xillari, hosil qilinadigan quvvatiga qarab, kam (50 Mvt gacha), oʻrtacha (50— 150 MVt) va katta (150 MVt dan yuqori) quvvatli xillari bor. Sekin aylanuvchi kuchli G.ning aylanish oʻqi vertikal, tez aylanuvchi G. (kovshli gidroturbinali)larniki esa gorizontal boʻladi. G.lar daryolarning topologik va geologik xususiyatlarini eʼtiborga olib, tez aylanuvchi koʻpchilik G.ning oʻqdari vertikal oʻrnatiladi. G.larni konstrukiiyalashda va montaj qilishda gidroagregat aylanuvchi kismlarining mahkamlanishiga va rotor hamda stator chulgʻamlarini sovitishga alohida eʼtibor beriladi. G.ni uygʻotishda, odatda, volga oʻrnatilgan yordamchi oʻzgarmas tok generatoridan, baʼzi hollarda toʻgʻrilagichli sinxron generatordan foydalaniladi. Normal foydalaniladigan G.ning kuchlanishni generatsiyalash diapazoni 8,8 dan 18 kV gacha, quvvat koeffitsiyenta (soir)—0,8—0,95. Tez aylanuvchi G.ning f.i.k. 97,5-98,8; sekin aylanuvchilariniki — 96,3-97,5.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil