Gidravlik turbina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidravlik turbina, gidroturbina — suyuklik oqimi (mas, dare suvi) yordamida ishlaydigan turbina. Ishlash tarziga qarab, G. t. faol turbina (suv oʻz tabiiy okimi bilan taʼsir qiladi) va reaktiv turbina (suv bosim ostida beriladi)ga; tuzilishi boʻyicha vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Faol G.- t. lar ichida kovsh (choʻmich)li turbinalar keng tarqalgan. Reaktiv G. t. lar suv oqimi yoʻnalishi boʻyicha oʻqaviy va radial-oʻqaviy turbinalarga boʻlinadi. Yirik G. t. ish gʻildiragining diametri 10 m ga yetadi, quvvati 500 MVt dan oshadi. G. t. dan gidroelektr st-yalarda generatorlarni harakatlantirish uchun foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil