Gidralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidralar (Hydrida) — boʻshliqichlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar turkumi. Koʻpincha yakka, baʼzan vaqtincha koloniya hosil qilib yashaydi. Skeleti yoʻq. Tanasi xaltaga uxshash, ichi kovak. Uz. 3 sm gacha. Tanasining ostki yassi tovonga Uxshash tomoni bilan suvdagi narsalar (toshlar, usimliklar, mollyuskalar chigʻanogʻi va b.)ga yopishib oladi, tovoni urtasida torgina teshik bor. Tanasining yuqori uchida joylashadi ogʻiz teshigi paypaslagichlar (4-20 ta) bilan oʻralgan. Tana devori tashqi — ektoderma va ichki — endodermadan iborat. Bu ikki qavatni yupqa tayanch plastinka (mezogleya) parda ajratib turadi. Ektodermada, ayniqsa paypaslagichlarda kuydirish xususiyatiga ega boʻlgan juda kup otuvchi hujayralar buladi. Ular yordamida G. dushmandan himoyalanadi yoki siklop va b. mayda jonivorlarni tutib oladi. G. yil fasllariga qarab jinssiz (kurtaklanib) yoki jinsiy usulda kupayadi. Ular meduza hosil qilmaydi. Ayrim jinsli yoki germafrodit. Germafrodit G.da erkaklik va urgʻochilik jinsiy bezlari tanasining turli qismlarida hosil buladi. Gonadasida faqat bitta tuxum hujayra yetiladi. Tuxum hujayra tanasida urugʻlanadi. Urugʻlangan tuxum hujayra oʻz atrofiga qalin pust ishlab chiqarib sistaga aylanadi va qishlab qoladi. Qishda ona G. nobud buladi. Bahorda esa zigotadan yosh G. rivojlanadi. G.ning 10 dan ortiq turi chuchuk suvlarda yashaydi. Chuchuk suv havzalarida asosan oddiy, yaʼni poyachasiz gidra (Hydra vulgaris), poyachali, yaʼni qoʻngʻir gidra (Pelmatohydra oligactis), qorongʻi joyda yashay olmaydigan yashil gidra (Chlorohydra viridisisima) va b. uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil