Endoderma

Endoderma (endo… va derma) – oʻsimliklarda birlamchi poʻstloqning oʻq organlari markaziy silindriga yondosh boʻlgan bir qator joylashgan hujayralardan iborat ichki qavati. Poyada endoderma kam ixtisoslashgan, ikkilamchi kraxmalga ega. Ildizda endoderma hujayralari poʻstida yoʻgʻonlashuv – Kaspari belbogʻi boʻladi. Kaspari belbogʻi tarkibidagi suberin va lignin moddasi hujayra poʻstining suv va ion oʻtkazmasligini taʼminlaydi. Faqat endodermaning ayrim hujayralari yupqa poʻstli boʻlib, suv oʻtkazadi (oʻtkazuvchi hujayralar). Endoderma – birlamchi poyadan oʻtkazuvchi naylar va teskari yoʻnalishda moddalar oqishini boshqarish vazifasini bajaradi.
Hayvonlarda – boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlarda tana devorining ichki tomonida bir qator boʻlib joylashgan hujayralar qavati, ichki gastral boʻshliqni oʻrab turadi. Hazm qiluvchi – muskul va bezli hujayralardan iborat. Hazm suyuqligi ishlab chiqarish va oziqni hazm qilish vazifasini bajaradi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |