Tropizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tropizm (yunoncha: τρόπος, tropos — burilish, yoʻnalish) — fizik, kimyoviy va boshqa qoʻzgʻatuvchilarning bir yoklama taʼsirida oʻsimlik aʼzolarining burilib oʻsishi. Tropizm qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiriga karab fototropizm (bir tomonlama yoritilishi tufayli), geotropizm (Yerning tortish kuchi taʼsirida), gidrotropizm (tuproq namlanishining yoki havo muhitining har xilligi tufayli) va boshqa ga boʻlinadi. Tropizmni keltirib chiqargan taʼsirot yoʻqotilganda oʻsimlik ilgarigi holatiga qaytishga harakat qiladi (qarang Avtotropizm). Oʻsimlik taʼsirot tomonga burilib oʻssa — musbat, uning aksi boʻlsa — manfiy tropizm deyiladi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]