Geosiyosat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Geosiyosat, geografik siyosat — siyosatshunoslikdagi nazariya. G. termini muayyan bir mamlakat oʻrni, tabiiy boyliklari, iklimi va b. geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h. k. ga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi. G. tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvesiya) ilmiy muomalaga kiritgan. G. nazariyasi 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida F. Ratsel (Germaniya), A. Mexen (AQSH), X. Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, G. Kissinjer, 3. Bjezinskiy (AQSH) va b. tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tatbiqan rivojlantirilgan. G.ga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati oʻrtasidagi uygʻunlik prinsipi asos qilib olinadi. Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatida maʼlum darajada G.ning asosiy tamoyillarini ham hisobga oladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2018-yil

geosiyosat davlatlarni tashqi siyosati haqida bosh qotiradi va ularni o'rganadi

idahdi

* Belgili roʻyxat qismi