Georgiy Sinkoburov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georgiy Ivanovich Sinkoburov (1919.15.6, Krasnodar — 2000.18.12, Toshkent) — Oʻzbekistan xalq artisti (1979). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1950—89 yillar Rus yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Sasha ("Ikki kapitan"), Listovskiy ("Yetuklik attestati"), Zaxarov ("Abdulla Nabiyev"), Antifol Efesskiy ("Xatolar komediyasi"), Alibobo ("Alibobo va qirq qaroqchi"), Podxolyuzin ("Qoʻynidan toʻkilsa qoʻnjiga") kabi rollari bilan tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil