Gemel Stankevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gemel Mixaylovich Stankevich
Tavalludi 8-mart 1925-yil
Vyunovskiy Seliba (Seliba yaqinidagi qishloq, Bixov tumani, Mogilev viloyati, (Belarus)
Vafoti 5-yanvar 1962-yil (36 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston SSR
Fuqaroligi Sovet IttifoqiSSSR
Unvoni kichkina leytenant
Harbiy  qism 111-tank brigadasi
Jang/urush Ulug‘ vatan urushi

Gemel Mixaylovich Stankevich ((belaruscha Gemel Mіxaylavіch Stankevіch; 1925-1962) — Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi, 111-tank brigadasi vzvod komandiri (25-tank korpusi, 1-Ukraina fronti), kichik leytenant. SSSR qahramoni.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gemel Mixaylovich Stankevich 1925-yil 8-martda Belarus Respublikasi Mogilev viloyatining Bixov tumani Vyunovskaya Seliba qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Stankevich o‘rta maktabda 8-sinfgacha o‘qigan. Leningrad shahrida yashab „Elektr“ zavodida ishlagan. Urushning dastlabki haftalarida Gemel sharqiy qismga yaʼni Toshkent shahriga evakuatsiya qilingan.

Gemel Stankevich 1943-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. U yerdan Xarkov tank bilim yurtiga jo‘natilgan va Toshkent yaqinidagi Chirchiq shahriga evakuatsiya qilingan.

Stankevich 1944-yilda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, kichik leytenant unvoni bilan frontga jo‘natilgan. U yerda Gemel 25-tank korpusi tarkibida 111-tank brigadasining tank vzvodiga qo‘mondonlik qilgan. Polshani ozod qilish maqsadidagi janglarda qatnashgan, Germaniyaning Guben shahri (hozirgi Gubin, Polsha) uchun boʻlgan janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.

Gemel Stankevich o‘z brigadasi bilan Berlingacha bo‘lgan hududda jangler olib borib, Berlin-Praga tank yurishida qatnashgan. Urushdan keyin Gemel Stankevich yana armiyadagi xizmatini davom ettirgan. 1948-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)aʼzosi hisoblangan.

1951-yilda leytenant unvoni bilan zahiraga chiqarilgan va shu vaqt oralig‘ida Toshkentda yashagan.

1955-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlab, tergovchi sifatida ishlay boshlagan.

Gemel Stankevich 1962-yil 5-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan.

Jasorat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1945-yil 24-fevralda tank otryadi dushmanning mudofaasini yorib o‘tgan va birinchilardan bo‘lib Guben shahriga bostirib kirgan. G.M.Stankevichning tanki dushmanning qarshi hujumlaridan birini qaytarishda faustpatron tomonidan yoqib yuborilgan. Ammo Guben va uning brigadasi jangni tark etmasdan ekipaj nosozlikni bartaraf etgan va xizmatni davom ettirgan. 4 kunlik janglar davomida tankerlar 3 ta o‘ziyurar qurol, 2 ta tank, 4 ta og‘ir qurol va 3 ta minomyot yordamida 180 ga yaqin fashistlarni yo‘q qilishgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi (№ 7865-sonli) farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda bir vaqtning o‘zida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun kichik leytenant Stankevich Gemel Mixaylovich ,,Lenin" ordeni va ,,Oltin yulduz" medali hamda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  • Shuningdek, I-darajali Ulug‘ vatan urushi ordeni va Qizil Yulduz medaliga munosib deb topilgan.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Toshkent va Bixov shaharlaridagi ko‘chalarga Qahramon nomi berilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]