Kontent qismiga oʻtish

Gavhar koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gavhar koʻchasi
Uzunligi 3 km
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Tuman(lar) Chilonzor
Yaqin metro bekatlari Olmazor
Diqqatga sazovor joylari Doʻmbirobod mahallasi
„Metroqurilish“ tashkiloti

Gavhar koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Shota Rustaveli koʻchasi va Bunyodkor shohkoʻchasi oraligʻida. Uzunligi 3 km.

1960-yil tashkil etilgan va shu nom berilgan. Poytaxtning asosiy magistral koʻchalaridan biri. Oʻzbekiston mustaqilligi davrida Gavhar koʻchasi va Bunyodkor shohkoʻchasi tutashgan chorrahada zamonaviy estakada bunyod etilib, keng qamrovli rekonstruksiya ishlari olib borildi[1].

Koʻcha yoʻnalishida „Sobir Rahimov“ metro bekati (hozirgi Olmazor), Doʻmbirobod mahallasi, stadion, poyabzal fabrikasi, „Metroqurilish“ tashkiloti, bazalar, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish, avtomobillarga yonilgʻi quyish, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shaxsiy turar joy binolari mavjud.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.