Kontent qismiga oʻtish

Garri Potter kitobi va filmidagi sehrli buyumlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyidagil buyumlar Garri Potter filmi va kitoblaridagi kitobiy, fantastik va sehrgarlik olamidagi buyumlar boʻlib film seriyalarida foydalanilgan. 

Harry Potter va Feniks jamiyati filmida Germiona Grenjer Dabledor armiyasi (DA) aʼzolar orasida aloqa qilish uchun ishlatiladigan, qalbaki sehrli galeonlarni (sehrgarlar puli) yaratadi. Sehrlanmagan galeonlar kabi, bu tangalar burchagida ham raqamlar bor. Sehrlanmagan galeonlarda bu raqamlarda bu tangani yasagan goblinni anglatadi, sehrlangan galeonlarda esa bu raqamlar Da jamoasining yigʻilish vaqtini va sanasini bildiradi. Tangalardagi raqamlar oʻzgartirilganida bu haqida aʼzolarga bildirish uchun tangalar qiziydigan qilingan. DA aʼzolari tanga qizigan vaqtda unga qarab yigʻilish vaqtini bilib olishlari mumkin boʻlgan

Harry Potter va tilsim shahzodasi qismida Drako Malfoy ham sehrlangan juft tangalardan yaratib ulardan foydalanib Hogwarts sehrgarlar va afsungarlar maktabidagi aloqa cheklovlarini buzib oʻtadi va shu orqali Imperius laʼnati bilan Madam Rozmerta bilan aloqada boʻladi. Drakoning aytishicha u bu narsani yasash uchun Germionadan va Lord Voldemort ning oʻz hizmatkorlarini chaqirishda foydalaniladigan taturovkadan ilhomlanib yaratgan

Qirgʻoqchining xaritasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Remembral – bu tutunni oʻz ichiga olgan kichik, shaffof sharchadir. Tutun qizil rangga oʻzgarganida, remebralni ushlab turgan odam nimanidir unutganini bildiradi[1]. Lekin nimani unutgani haqida hech narsa koʻrsatilmaydi. Garri Potter filmi va kitobidagi xayolparas va barcha narsani yodidan chiqarib yuradigan mashhur Nevill Longbottomga bu asbobni uning buvisi ''Garri Potter va hikmatlar toshi'' qismida bergan. Remembralni sehrgarlar va afsungarlar O. W.L imtihonlarida foydalamishi taqiqlangan[2].

Revealer – bu koʻrinmas siyohni paydo qilish uchun foydalaniladigan yorqin qizil oʻchirgʻich. U ''Garri Potter va mahfiy hujra'' kitobida birinchi marta, Germiona tomonidan Tom Reddlening kundaligidagi yashirin yozuvni paydo qilish uchun ishlatilgan[3].

Tom Riddlening kundaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tom Riddlening kundaligi.

Tom Marvolo Riddle (keyinchalik Lord Voldemort nomi bilan tanilgan) oʻzining birinchi jon tumorini Hogvartsdagi beshinchi yilida, oʻz maktab kundaligi yordamida yaratdi. U bu sehrni Vasiliskdan foydalanib, oʻquvchi Myrtle Warrenni oʻldirish orqali amalga oshirdi[4]. Kundalik „Garri Potter va maxfiy hujra“ kitobining oʻn uchinchi bobida kiritilgan va Garri Potter tomonidan oʻsha kitobning soʻngida yoʻq qilingan.


Voldemortning oʻlimi oldidan, u kundalikni Lutsius Malfoyga topshirdi. Malfoy kundalik jon tumor ekanligini bilmas edi. Voldemort uning qurol sifatida qadrini aytgan boʻlsa-da, Malfoy kundalikni Jinny Ueaslining boshqa kitoblari orasiga yashirdi. Tom Riddlening ruh parchasiga ega boʻlgan Jinny orqali maxfiy hujra yana ochildi va asta-sekin Tom Riddle uning ham jonini olishni boshladi. Ikkinchi kitobning oxirida, Garri Jinnyni qutqarib, Vasiliskning zaharli tishi bilan kundalikni yoʻq qildi, bu birinchi yoʻq qilingan jon tumor edi. Garri va Jinnyning Dambldorga kundalik haqida bergan hisobotlari Voldemortning nafaqat bitta jon tumori, balki bir nechta jon tumori borligi haqidagi fikrlar tugʻilishiga sababchi boʻldi.

Salazar Slizerinning medalioni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tom Riddle o'zining uchinchi jon tumorini ajdodi Salazar Slizerinning medalionidan foydalangan holda yaratdi, bu medalion Riddlening onasi Merope Gauntga tegishli bo'lgan. Jon tumorni yaratish uchun Tom sehrgar bo'lmagan oddiy bir odamni o'ldirishiga tog'ri kelgan, u shu ishni bajargan va navbatdagi jon tumorini yaratgan. Medalion ''Feniks ordeni'' kitobining oltinchi bobida tanishtirilgan, kitobd amedalion ''hech yo'q qila olmaydigan medalion'' deb tasvirlangan. U ''Ajal tuhfalari'' kitobining o'n to'qqizinchi bobida Ron Uesli tomonidan yo'q qilingan.

Slizerinning medalioni avloddan avlodga oʻtib, oxir oqibat Merope Gauntning qoʻlida qolgan. Uning eri uni tashlab ketganidan soʻng, Merope medalionni Borgin & Burkes doʻkonining egasida 10 galeonga sotadi. Medalion qoʻldan-qoʻlga oʻtaverib ohirida Hephzibah Smizga sotiladi. Lord Voldemort Smizni oʻldiradi va undagi medalionni va Helga Hufflepuffning kubogini oʻgʻirlaydi. Voldemort medalionni jon tumorga aylantirganidan soʻng, uni mukammal sehr bilan himoyalangan Godrik jarlligidagi gʻorga yashiradi.

  1. „Harry Potter: Why Neville's Remembrall Turned Red“ (en-US). ScreenRant (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  2. Rowling, J.K.. Harry Potter and the Order of the Phoenix. New York, NY: Scholastic, 2003 — 708–709 bet. 
  3. Rowling, J. K.. Harry Potter and the Chamber of Secrets, Mary GrandPré, [England]: Pottermore, 2012. ISBN 978-1-78110-008-0. OCLC 779348871. 
  4. „Everyone you didn't realise was connected to Voldemort's Horcruxes | Wizarding World“ (en). www.wizardingworld.com. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.