Kontent qismiga oʻtish

Qalampir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Garmdoridan yoʻnaltirildi)

QalampirSolanaceae (Ituzumdoshlarga) mansub chala buta, buta yoki koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik rayonlarida uchraydi. Issiqsevar oʻsimlik. Peru qalampir i (C. angulosum), kolumbiya qalampir i (C. conicum), egilgan qalampir i (С. гиевсеш), sabzavot qalampir (C. annuum) yoki garmdori va boshqalar turlari bir yillik oʻsimlik sifatida hamma qitʼalarda oʻstiriladi. Sabzavot qalampiri turining poyasi tik (1 m gacha), ildizi oʻqildiz, mevasi koʻp urugʻli, qizil, sariq, toʻq sariq, qoʻzoq, shakli turlicha. Mevasi tarkibida qand, quruq modda, S, V,, V2vitaminlari, karotin, alkoloidlar bor. Sabzavot qalampiri platsentasi tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi miqdoriga qarab chuchuk (qarang Bolgar qalampiri) va achchiq boʻladi. Uzbekistonda achchiq qalampirning "Margʻilon 330" va "Nafis" ("Pikantngy"), mayda mevali "Kelin tili" navlari koʻp ekiladi. Achchiq qalampir qoʻzogʻining poʻsti yupqa, shakli maydauzunchoq. Gullaganidan keyin mevasi 35—40 kunda yetiladi. Uruti issiqxonalarga sepilib, ochiq yerlarga koʻchati ekiladi. Hosiddorligi 200 s/ga. Koʻk va pishgan (qizil) qoʻzoqlari xom holida isteʼmol qilinadi, ovqatga solinadi, sirkalash, tuzlash, konservalashda, quritilgan mevasi tolqoni ziravor sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda qandli diabet kasalligi hamda qonni suyultiruvchi davo sifatida, sanoatda shamollashga qarshi ishlatiladigan qalampir malhamli mato ishlab chiqarishda foydalaniladi.