Gannover-Limmer konslageri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gannover-Limmer konslageri (nemischa: KZ-Außenlager Hannover-Limmer) 1944-yil avgust oyining oxiridan 1945-yil aprel oyining boshigacha Limmer hududidagi ayollar konslageri. Hozir Gannover shahrida (Germaniya) joylashgan.

Lager boshqa bir konslagerga filial sifatida qurilgan va Uchinchi Reyx davridagi Gannoverning 7 ta kontslagerlaridan biri boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lager siyosiy mahbuslar uchun bunyod etilgan. 1944-yil 31-avgustda lagerga asosan fransuz va rus millatiga mansub 500 nafar ayol qamalgan[1].

Oʻsha yilning noyabr va dekabr oylarida Salzgitter-Vertenshtedt konslageridagi mahbuslar lagerga koʻchirildi, mahbuslar orasida 30 nafar fransuz ayollari bo‘lgan.

1945-yil yanvar oyida Gannover-Langengagen konslageri vayron qilingan va asosan polyak va rus millatiga mansub omon qolgan mahbuslar Limmerga koʻchirildi.

1945-yil mart oyining oxirida lagerda 1011 mahbus bor edi.

Ittifoqchi kuchlarning hujumi paytida Gannoverdagi barcha konslagerlar evakuatsiya qilindi. 1945-yil 6-aprelda Limmerdan 1000 ga yaqin mahbuslar Bergen-Belsen lageriga joʻnatildi. Omon qolganlar lagerga uch kundan keyin yetib kelishdi. 1945-yil 15-aprelda lager ingliz askarlari tomonidan ozod qilindi[2]. Limmer lagerida yurishga qodir boʻlmagan qolgan mahbuslar 10-aprel kuni ozod qilindi.

Qamoqqa olish shartlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahbuslar uchta yogʻoch kazarmada yashashgan. Qolgan binolarda kir yuvish, oshxona, hojatxonalar, sanitariya boʻlimi, shuningdek, maʼmuriy idoralar joylashgan.

Konslager Continental AG zavodi va Limmer qishlogʻi oʻrtasida joylashgan edi. Ayollar zavodda kuniga 12 soatdan gaz niqoblarini ishlab chiqarishda ishladilar. Lagengagendagi fabrikada, shuningdek, Bornumdagi Garri Brot Hannover novvoyxonasida oz sonli ayollar ishlagan.

Yodgorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yilda Limmerda bronza plastinka va lager asirlariga bagʻishlangan yodgorlik tosh oʻrnatildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Außenlagerliste“ (de). www.kz-gedenkstaette-neuengamme.de. 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.
  2. „GBB - Gesamtchronologie“ (de). bergen-belsen.stiftung-ng.de. 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.