Galapagos orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Galapagos orollari
Galapagos

Galapagos orollari (ispancha galapago — toshbaqa) — Tinch okeanning ekvator qismidagi bir guruh (13 ta yirik va bir qancha mayda) orollar. Jan. Amerikadan 1000 km gʻarbda, Ekvador Respublikasi tarkibida. Eng yirik orollari: Isabela, Fernandina, San-Salvador, Santa-Krus va San-Kristobal. Mayd. 7,8 ming km2. Aholisi 9,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Galapagos orollari 1935 yildan millim park deb eʼlon qilingan. Galapagos orollari vulkan otilishidan paydo boʻlgan, bal. 1707 m gacha. Iqlimi quruq, yillik oʻrtacha temperatura 23’. Galapagos orollarida tropik va sovuq mintaqa oʻsimliklari hamda hayvonlari — liana bilan mox, tropik qushlar bilan Antarktika baliqchi qush (chayka)lari, toʻtiqush bilan pingvin va tyulen yonma-yon uchraydi. Endemik turlar koʻp. Urugʻi tugab borayotgan bahaybat toshbaqa va kaltakesak bor. Maʼmuriy markazi — Bakeriso-Moreno.

Galapagos toshbaqasi[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil