Gabriel Attal
Gabriel Attal (talaffuzi: ⓘ; 1989-yil 16-mart; Clamart, Fransiya) — fransiyalik siyosatchi va davlat arbobi. „Renaissance“ partiyasi aʼzosi. 2024-yilning yanvar oyidan sentyabr oyigacha Fransiya bosh vaziri.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gabriel Attal 1989-yil 16-martda Fransiyaning Il-de-Frans hududidagi Clamart shahrida tugʻilgan[1].
Onasi Marie de Couriss etnik yunon boʻlib, Oktyabr inqilobi va Rossiyadagi fuqarolar urushi vaqtida Odessadan Fransiyaga koʻchib kelgan oq emmigrantlarning avlodi. Otasi Yves Attal yahudiylar oilasida tugʻilib oʻsgan advokat, kinoprodyusser hamda jamoat faolidir. Yves Attalning otasi Tunis sefard yahudiylaridan, onasi esa elzaslik emansipatsiya qilingan ashkenazi yahudiylaridan. Gabriel Attalning qarindoshlari dunyoning koʻplab davlatlari, xususan, Germaniya, Shveysariya, Italiya, Tunis, AQSH, Birlashgan Qirollik va Rossiyada yashashadi[2][3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Биография Габриэля Атталя“. РИА Новости (2024-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 9-yanvar.
- ↑ Haaretz. France's New 34-year-old Prime Minister Says His Jewish Ancestry Has Shaped Him. [1]
- ↑ AFP: Атталь является наиболее вероятным преемником Борн на посту премьера Франции. ТАСС (9 января 2024)
- ↑ La très belle généalogie de Gabriel Attal. [2]