Davlat madhiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat madhiyasidavlat gerbi va davlat bayrogʻi bilan bir qatorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan sheʼriy-musiqiy tantanavor asar, gimn. U asosan tantanali yigʻilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan oʻtkazilayotgan marosimlarda, xalqaro sport musobaqalarida gʻoliblarni mukofotlash chogʻida va h.k.da ijro etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri (Abdulla Oripov soʻzi, Mutal (Mutavakkil) Burhonov musiqasi) OʻzRning 1992-yil 10-dekabrdagi qonuni bilan tasdiqlangan. Shu qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan bogʻliq talab va qoidalar belgilab qoʻyilgan.

Yana qarang[tahrir]