GAZ-3110

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GAZ-3110 „Volga“
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi GAZ
Model yili 19972004
Tasnifi
Komponovkasi old motorli orqa gʻildiraklari tortuvchi
Platformasi GAZ-24
Kuch moslamalari
Transmissiyasi 4-bosqichli mexanika
5-bosqichli mexanika
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2800
Uzunligi 4870
Kengligi 1810
Balandligi 1422
Vazni 1400
Eksteryer
Kuzov turi sedan,
universal
Oʻrindiqlar soni 5‑oʻrin
7‑oʻrin
Eshiklar soni 4‑eshik
5‑eshik

GAZ-3110 „Volga“ 1997—2008-yillarda ishlab chiqarilgan. Gorkiy avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan oʻrta toifali avtomobil hisoblangan. Bu 1960—1970-yillardagi avtomobil kuzovini oxirgi seriadagi GAZ-24 avtomobilidan olingan. 1990—2000-yillardagi dizayni boʻyicha, zamonaviy GAZ-3103 avtomobilining kuzovini seriyali qilib ishlab chiqarilmaganligi sababli koʻplab muammolar yuzaga kelgan. 2004-yilda kuzovning old qismi oʻzgartirilgan. Avtomobil GAZ-3111 rusumidagi faralarga oʻxshash faralarni oldi va orqa faralariga oʻzgartirishlar kiritilgan[1][2][3].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashinani ishlab chiqarish boshlanishidan oldin ham, 1996-yil davomida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish amalga oshirilgan. Unda yetti mingdan ortiq asbob-uskunalardan foydalanilgan. Mashinasozlik sanoatining rivojlanishi yangi dizayn va shassiy qismlarini yigʻish va payvandlash liniyasini yaratgan, unda 38 ta KUKA deb nomlangan robotlar ishtirok etgan[4].

Orqa koʻrinish

GAZ-3110 GAZ-31029 modelining keyingi koʻrinishi boʻlib, tashqi koʻrinishi panellarining bir qismini yangi dizaynda yasashga erishilgan. Shu jumladan tom panelini almashtirish ushbu dizaynga yangicha koʻrinish taqdim etgan. Lekin eshiklar va old qanotlar bundan mustasno. Dastlab, avtomobilga qora termoplastik bamperlar oʻrnatilgan, 2000-yildan boshlab ular katta hajmli yuqori plastik bamperlar bilan almashtirilgan. Salon butunlay yangilangan va bezatish jihatidan arzon xorijiy avtomobillar standartlariga javob bera boshlagan[5].

Restyling 2007.

2002-yilda GAZ-3110 asosiy modelini yangilash rejalashtirilgan edi. 2002-yilgi „Volga“ yangi radiator panjarasi, segmentli faralar va dumaloq yorugʻlik segmentlari boʻlgan orqa chiroqlar, shuningdek rul chambaragi oʻzgartirilgan. Eshik tutqichlari (koʻtarilgan, aylanmaydigan) va GAZ-3111 dan tashqi plastik bilan ajralib turishi kerak edi. Dvigatel Yevro-2 ekologik standartlariga javob beradigan boʻlgan.

GAZ 31105 „Volga“ 2004-yil oxiri

2008-yildan beri Volga avtomobilida Yevro-3 talablariga koʻtarilgan dvigatellar, shu jumladan ish hajmi 2,4 litr va quvvati 152 ot kuchini oʻz ichiga olgan rus ZMZ-40525 dvigateli oʻrnatilgan. U elektron gaz pedaliga ega KMSUD MIKAS 11ET bilan jihozlangan.

GAZ-31107[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Moskva avtosalonida jiddiy oʻzgartirilgan. Volga GAZ-31107 namoyish etilgan. Model oʻziga xos orqa oynalari bilan ajralib turar edi. Zaxira gʻildiragi nihoyat avtomobilning dizayniga nuqsonsiz holatda ornarilgan. Orqa oynaning egilish burchagi ortgan va gʻildirak bazasi ichida harakatlanadigan plastik yonilgʻi baki, shuningdek, yangi orqa yoritish chiroqlari bilan jihozlangan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „СОБЫТИЕ - Февраль 1997 года - архив За рулем“. www.zr.ru. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  2. „"Десятка". Вариант ГАЗа - Февраль 1997 года - архив За рулем“. www.zr.ru. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  3. „МНОГО ЗА МАЛО - Апрель 2006 года - архив За рулем“. www.zr.ru. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  4. Silniy xod GAZa, Aleksey Solopov, За Рулём, 1997, vipusk 1 (yanvar), str. 6, Arxiv ZR
  5. Сергей Фёдоров. „Десятое измерение“. За Рулём (2011-yil 9-oktyabr). 1-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
  6. „Иная“ (ruscha). За рулём. 11-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]