Futbol doʻstlik uchun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Futbol doʻstlik uchun (inglizcha: Football For Friendship) — Futbol doʻstlik uchun (ing. Football for Friendship) — „Gazprom“ OAJ tomonidan amalga oshiriladigan yillik xalqaro bolalar ijtimoiy dasturi. Dasturning maqsadi yosh avlodning dolzarb qadriyatlariga va sogʻlom turmush tarziga boʻlgan qiziqishini futbol orqali oshirish[1]. Dastur doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan 12 yoshdagi futbolchilar har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro bolalar forumida, „Futbol doʻstlik uchun“ jahon chempionatida, Xalqaro futbol va doʻstlik kunida[2] ishtirok etadilar. Dastur FIFA, UEFA, BMT, Olimpiya va Paralimpiya kumitalari, turli davlatlarning davlat Xukumat va futbol federatsiyalari raxbarlari, Xalkaro xayriya jamgarmalari, jamoat tashkilotlari va futbol etakchisi, klub sayerasi tomonidan kullab kuvvatlanadi[3]. Global dastur operatori AGT aloka guruxi (Rossiya).[4]

Dasturning tarixi [tahrir]

Futbol doʻstlik uchun 2013[tahrir]

2013 yilning 25 may kuni Londonda „Futbol doʻstlik uchun“ birinchi xalqaro bolalar forumi boʻlib oʻtdi. Unda 8 mamlakat: Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gresiya, Rossiya, Serbiya va Sloveniyadan 670 nafar bolalar ishtirok etdilar. Rossiya nomidan 2018 yilda futbol boʻyicha  jahon chempionatida mezbonlik qiladigan Rossiyaning 11 ta shahridan  11 ta futbol jamoasi qatnashdilar. Forumda shuningdek „Zenit“, „Chelsi“, „Shalke 04“,  „Tsrvena Zvezda“ klublarining oʻsmirlar jamoalari, „Gazprom“ OAJ bolalar spartakiadasi  gʻoliblari, „Fakel“ festivalining gʻoliblari ishtirok etdilar.[5]

Forum davomida bolalar boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlari, taniqli futbolchilar bilan muloqotda boʻlishdi, shuningdek  Uembli Stadionida boʻlib oʻtgan  UYeFA Chempionlar Ligasi 2012/2013 yil  finaliga tashrif buyurishdi.[6]

Bolalar dasturining sakkizta qadriyati: doʻstlik, tenglik, odillik, sogʻliq, tinchlik, fidokorlik, gʻalaba va anʼanalarni taʼriflab bergan ochiq maktub Forumning  yakuni boʻldi. Keyinchalik maktub UYeFA, FIFA va XOQ rahbarlariga  joʻnatildi. 2013 yilning sentyabr oyida Jozef Blatter Vladimir Putin va Vitaliy Mutko bilan uchrashuvi davomida maktubni olganini tasdiqladi va "Futbol doʻstlik uchun " forumini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.[7]

Futbol doʻstlik uchun 2014[tahrir]

"Футбол дўстлик учун " dasturining  ikkinchi mavsumi 2014 yilning 23-25 ​​ may kunlari Lissabonda boʻlib oʻtdi va 16 davlat: Belorussiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Ukraina, Fransiya va Xorvatiyadan kelgan 450 dan ortiq yoshlarni bir joyga toʻpladi. Yosh futbolchilar "Futbol doʻstlik uchun " xalqaro forumi, koʻcha futboli boʻyicha turnirida ishtirok etdilar va UYeFA Chempionlar Ligasining 2013/2014 yil finaliga tashrif buyurdilar.[8] „Benfika“ (Portugaliya) yoshlar jamoasi 2014 yil koʻcha futboli boʻyicha xalqaro turnir gʻolibi  boʻldi.

Dasturning ikkinchi mavsumi „Futbol doʻstlik uchun“ harakati etakchisini saylash bilan yakunlandi. U Portugaliyalik Filipe Suares boʻldi. 2014 yilning iyun oyida u harakatining etakchisi sifatida Yuriy Andreevich Morozov xotirasiga toʻqqizinchi xalqaro yoshlar futbol turniriga tashrif buyurdi.[8]

Futbol doʻstlik uchun 2015[tahrir]

"Футбол дўстлик учун " xalqaro ijtimoiy dasturining uchinchi mavsumi 2015 yilning iyun oyida Berlinda boʻlib oʻtdi. Osiyo qitʼasining yosh vakillari — Yaponiya, Xitoy va Qozogʻistondan kelgan bolalar futbol jamoalari dasturning ilk ishtirokchilariga aylandi. Uchinchi mavsumda jami boʻlib 24 mamlakatdan kelgan 24 futbol klubining yoshlar jamoasi ishtirok etdi.[9]

Yosh futbolchilar boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlari va, jahon futboli yulduzlari, jumladan dasturning Global elchisi Frans Bekkenbauer bilan muloqotda boʻldilar, shuningdek, yoshlar jamoalari oʻrtasidagi Xalqaro koʻcha futboli turnirida ishtirok etdilar. 2015-yil koʻcha futboli boʻyicha xalqaro turnirda „Rapid“ (Avstriya) yoshlar jamoasi gʻolib boʻldi. [9]

"Futbol doʻstlik uchun " dasturi uchinchi mavsumining tadbirlari etakchi jahon ommaviy axborot vositalarining qariyb 200 jurnalistlari, shuningdek, Xalqaro Bolalar matbuot markazi tarkibiga kirgan  Yevropa va Osiyolik 24 yosh muxbirlar tomonidan yoritildi.[9]

2015 yilning yakuniy voqeasi „Toʻqqiz qadriyatlar“ kubogining sovrindori boʻlgan „Barselona“ (Ispaniya) futbol klubiga mukofotni topshirish marosimi boʻldi. Gʻolib Forum arafasida 24 ta ishtirokchi mamlakatlarning hammasida oʻtkazilgan global ovoz berishda ishtirok etgan bolalar tomonidan aniqlandi. [9]

Forum yakunida barcha ishtirokchilar anʼanaviy ravishda Berlinda joylashgan Olimpiya stadioniga UYeFA Chempionlar Ligasining 2014/2015 yil finaliga tashrif buyurdilar.[10]

Futbol doʻstlik uchun 2016[tahrir]

2016 yilda "Futbol doʻstlik uchun " Xalqaro bolalar ijtimoiy dasturiga ushbu dasturning global elchisi Frans Bekkenbauer ishtirokida Myunxenda  24 mart kuni boʻlib oʻtgan Hangouts onlayn matbuot anjumani doirasida start berildi.[11]

Toʻrtinchi mavsumda dasturga Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Argentina, Braziliya, Vetnam, Qirgʻiziston va Suriyadan 8 yangi yoshlar jamoalari qoʻshildi, shunday qilib, dasturga ishtirokchilari boʻlgan  mamlakatlarning umumiy soni 32 ga etdi.[12]

2016 yilning 5 aprelida noyob sovrin — „Toʻqqizta qadriyatlar“ kubogi uchun ovoz berish boshlandi. Gʻolibni tanlashda butun dunyodagi ishqibozlar ishtirok etishdi, ammo yakuniy qaror ovoz berish yoʻli bilan „Futbol doʻstlik uchun“  dasturi ishtirokchilari tomonidan berildi. „Bavariya“ (Myunxen) futbol klubi Kubok  egasi boʻldi. „Futbol doʻstlik uchun“  ishtirokchilari klubning maxsus ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatlarini, shuningdek, turli mamlakatlardagi bolalarni davolashga qaratilgan tashabbuslarini va muhtojlarga yordam berishlarini taʼkidladilar.[13]

2016 yilning 27-28 may kunlari Milan shahrida "Futbol doʻstlik uchun " toʻrtinchi xalqaro bolalar forumi va koʻcha futboli boʻyicha  bolalar xalqaro turnirning final oʻyini boʻlib oʻtdi. Turnirning gʻolibi deb Sloveniya „Maribor“ jamoasi eʼtirof etildi. Forum tugagach ishtirokchilar anʼanaviy ravishda UYeFA Chempionlar ligasining final uchrashuviga tashrif buyurishdi. Forum tadbirlari dunyoning etakchi ommaviy axborot vositalarining 200 dan ortiq jurnalistlari hamda dasturda ishtirok etuvchi mamlakatlarning yosh jurnalistlarini qamrab olgan Bolalar Xalqaro Matbuot Markazi tomonidan yoritildi.[14]

"Futbol doʻstlik uchun " toʻrtinchi mavsumining tadbirlarida „Al-Vaxda“ Suriya klubining yosh futbolchilari ishtirok etdilar va bu misli koʻrilmagan hodisa boʻldi. Suriya jamoasining dastur ishtirokchilari jumlasiga kiritilishi va Suriyalik bolalarning Milandagi tadbirlarga tashrifi mamlakatning gumanitar yakkalanish muammosini hal etish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Suriya Futbol Federatsiyasi koʻmagida Russia Today xalqaro telekanalining arab sport tahririyati loyihaga ishtirok etgan  bolalar haqida  „Uch kun urushsiz“ hujjatli filmini tasvirga tushirdi. 2016 yil 14 sentyabr kuni film premerasiga Damashqda 7 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi.[15]

Futbol doʻstlik uchun 2017[tahrir]

"Футбол дўстлик учун " Xalqaro bolalar ijtimoiy loyihasini oʻtkazish uchun  2017 Sankt-Peterburg  (Rossiya) tanlangan edi, yakuniy tadbirlar 26 iyundan 3 iyulgacha shu erda boʻlib oʻtdi.[16]

2017 yilda ishtirok etuvchi davlatlar soni 32 dan 64 gacha oshdi. Dastur "Futbol doʻstlik uchun " birinchi marta Meksika va AQSh bolalar ishtirok etdi. Shunday qilib, loyiha toʻrtta qitʼadagi yosh futbolchilar — Afrika, Yevroosiyo, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikani birlashtirdi.[17]

Beshinchi mavsumda dastur yangi tamoyilga muvofiq amalga oshirildi: 1 nafardan oʻz mamlakatini ifoda qilayotgan yosh futbolchi tanlandi. Bolalar 12 yoshli oʻgʻil bolalar va qizlar, shu jumladan, nogiron bolalardan tarkib topgan sakkizta baynalmilal „Doʻstlik terma jamoalariga“ birlashdilar.[18]

Ochiq qurʼa tashlash paytida  terma jamoalarning mamlakat tarkibi va ishtirokchi mamlakatlar vakillarining oʻyin pozitsiyalari aniqlandi. Qurʼa tashlash internet-konferensiya tartibida oʻtkazildi. Yosh murabbiylar: Rene Lampert (Sloveniya), Stefan Maksimovich (Serbiya), Brendon Shabani (Buyuk Britaniya), Charli Suy (Xitoy), Anatoliy Chentuloev (Rossiya), Bogdan Kroleveskiy (Rossiya), Anton Ivanov (Rossiya), Emme Xenshen (Niderlandiya) sakkiz doʻstlik jamoasiga etakchilik qildilar. Qurʼa tashlash marosimida shuningdek "Futbol doʻstlik uchun " xalqaro matbuot markazi vakili Liliya Matsumoto (Yaponiya) ishtirok etdi.[19]

Tarkibiga yosh murabbiy Rene Lampert (Sloveniya) va toʻqqiz mamlakatdan kelgan yosh futbolchilar:  Xong Jun Marvin Tue (Singapur), Pol Puig I Montana (Ispaniya) , Gabriel Mendosa (Boliviya), Ravan Kazimov (Ozarbayjon), Hrisimir Stanimir Stanchev (Bolgariya), Ivan Agustin Kasko (Argentina), Roman Xorak (Chexiya), Xamzax Yusuf Nuri Alhavvat (Liviya) kiritilgan „toʻq sariq“ jamoa 2017 yilda "Futbol doʻstlik uchun " Jahon chempionatining gʻolibi boʻldi.[19]

„Futbol doʻstlik uchun“ 2017 Xalqaro bolalar Forumiga[20] Viktor Zubkov („Gazprom“ OAJ direktorlar kengashi raisi) [38], Fatma Samura (FIFA bosh kotibi), Filipp Le Flok (FIFA Bosh Tijorat direktori), Julio Baptista (Braziliya futbolchisi), Ivan Zamorano (chililik hujumchi), Aleksandr Kerjakov (rossiyalik futbolchi) va yosh avlod orasida muhim insoniy qadriyatlarni ilgari surishga daʼvat qilgan boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi.[21]

2017-yilda loyiha 600 mingdan ortiq kishini birlashtirdi, Sankt-Peterburgda yakuniy tadbirlarda 64 mamlakatda 1000 dan ortiq  bolalar va kattalar ishtirok etdi.[22]

Futbol doʻstlik uchun 2018[tahrir]

2018-yilda „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining oltinchi mavsumi 15-fevraldan 15-iyunga kadar davom etdi. Yakuniy tadbirlar 2018 yilgi FIFA Jaxon kubogi arafasida, Moskvada bulib utdi. Dasturga dunening 211  mamlakat va mintakalarini takdim etgan, esh futbolchilar va  jurnalistlar tashrif buyurdi[23]. 2018-yilgi dasturning rasmiy boshlanishi, ochik uynalgan „Futbol doʻstlik uchun“  jonli efirda bulib utdi va natijada 32 Xalkaro dustlik futbol jamoasi guruxlari tashkil kilindi.[24]

2018-yilda ekologik missiyasi doirasida, Xalkaro dustlik guruxlari noeb va yukolib boraetgan xayvonlar nomi bilan ataladi:

Afrika fili

Komodo echkemari

Kipundji martishkasi

Gigant toshbaqa

Sahara ohusi

Chita

Karkidon

Yassi terili akula

Oq ayiq

Lemur

Grizli ayigʻi

Kit akula

Uch barmoqli lenives

Qirol kobra

Shimpanzee

Gang gaviali

Gʻarb gorillasi

Imperator qizilishtoni

Oq quyruq

Oq tumshuq maymun

Koala

Sibir yoʻlbarsi

Grevi zebrasi

Orangutan

Katta Panda

Magellan pingvini

Rotshild jirafasi

Bukur kit

Sirtlonsimon it

Sher

Begemot

Galapagos dengiz arsloni

Shuningdek , 2018 yilgi ekologiya missiyasi doirasida, 30 may kuni , Jaxon xamjamiyatining  noeb xayvonlarini kutkarish uchun tashkilotlarni kullab kuvvatlashga chakirgan, Happy Buzz Day xalkaro tadbirini boshladi. Aksiyaga Rossiya, AKSh, Nepal va Buyuk Britaniyaning milliy boglari va zaxiralari kushildi [25]. Shuningdek , Moskvadagi „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining yakuniy tadbirlarida, ishtirokchilar tabiiy gazda ishlaydigan ekologik xavfsiz avtobuslarga kuchib utdi.[26]

2018 yilda „Futbol doʻstlik uchun“ dasturida ishtirok etadigan mamlakatlar va mintakalar:

1. Avstraliya ittifoqi

2. Avstriya Respublikasi

3. Ozarbayjon Respublikasi

4. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

5. AQSh Virginiya orollari

6. Amerika Samoasi

7. Angilya

8. Antigua va Barbuda

9. Misr Arab Respublikasi

10. Argentina Respublikasi

11. Aruba

12. Barbados

13. Beliz

14. Bermuda

15. Venesuela Bolivar Respublikasi

16. Bosniya va Gersegovina

17. Britaniya Virginiya orollari

18. Burkina-Faso

19. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi

20. Vengriya

21. Urugvay Sharqiy Respublikasi

22. Gabon Respublikasi

23. Gvineya Respublikasi

24. Gibraltar

25. Bruney-Darussalam davlati

26. Isroil davlati

27. Qatar Davlati

28. Quvayt Davlati

29. Liviya davlati

30. Falastin davlati

31. Grenada

32. Gresiya Respublikasi

33. Gruziya

34. Sharqiy Timor Demokratik Respublikasi

35. Kongo Demokratik Respublikasi

36. San-Tome va Prinsipe Demokratik Respublikasi

37. Shri-Lanka Sotsial Demokratik Respublikasi

38. Dominikan Respublikasi

39. Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi

40. Afgʻoniston Respublikasi

41. Eron Islom Respublikasi

42. Mavritaniya Islom Respublikasi

43. Italiya Respublikasi

44. Yaman Respublikasi

45. Kayman orollari

46. ​​Kanada

47. Xitoy Xalq Respublikasi

48. Xitoy Taybeyi (Tayvan)

49. Andorra knyazligi

50. Lixtenshteyn Qirolligi

51. Gayana Kooperativ Respublikasi

52. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

53. Bahrayn Podshohligi

54. Belgiya Qirolligi

55. Butan Qirolligi

56. Daniya Qirolligi

57. Ispaniya Qirolligi

58. Kambodja Qirolligi

59. Lesoto Qirolligi

60. Marokash Qirolligi

61. Niderlandiya Qirolligi

62. Norvegiya Qirolligi

63. Saudiya Arabistoni Podshohligi

64. Svazilend Qirolligi

65. Tailand Qirolligi

66. Tonga Qirolligi

67. Shvesiya Qirolligi

68. Qirgʻiziston Respublikasi

69. Kyurasao

70. Laos Xalq Demokratik Respublikasi

71. Latviya Respublikasi

72. Livan Respublikasi

73. Litva Respublikasi

74. Malayziya

75. Maldiviya Respublikasi

76. Meksika Qoʻshma Shtatlari

77. Boliviyaning koʻp millatli davlati

78. Mongoliya

79. Montserrat

80. Bangladesh Xalq Respublikasi

81. Papua-Yangi Gvineya Mustaqil davlati

82. Samoa Mustaqil Davlati

83. Yangi Zelandiya

84. Yangi Kaledoniya

85. Tanzaniya Birlashgan  Respublikasi

86. Birlashgan Arab Amirliklari

87. Kuk orollari

88. Terks va Kaykos orollari

89. Albaniya Respublikasi

90. Angola Respublikasi

91. Armaniston Respublikasi

92. Belorussiya Respublikasi

93. Benin Respublikasi

94. Bolgariya Respublikasi

95. Botsvana Respublikasi

96. Burundi Respublikasi

97. Vanuatu Respublikasi

98. Gaiti Respublikasi

99. Gambiya Respublikasi

100. Gana Respublikasi

101. Gvatemala Respublikasi

102. Gvineya-Bissau Respublikasi

103. Gonduras Respublikasi

104. Djibuti Respublikasi

105. Zambiya Respublikasi

106. Zimbabve Respublikasi

107. Hindiston Respublikasi

108. Indoneziya Respublikasi

109. Iroq Respublikasi

110. Irlandiya Respublikasi

111. Islandiya Respublikasi

112. Qozogʻiston Respublikasi

113. Keniya Respublikasi

114. Kipr Respublikasi

115. Kolumbiya Respublikasi

116. Kongo Respublikasi

117. Koreya Respublikasi

118. Kosovo Respublikasi

119. Kosta-Rika Respublikasi

120. Kot-dʼIvuar Respublikasi

121. Kuba Respublikasi

122. Liberiya Respublikasi

123. Mavrikiy Respublikasi

124. Madagaskar Respublikasi

125. Makedoniya Respublikasi

126. Malavi Respublikasi

127. Mali Respublikasi

128. Malta Respublikasi

129. Mozambik Respublikasi

130. Moldova Respublikasi

131. Namibiya Respublikasi

132.Nigeriya Respublikasi

133. Nikaragua Respublikasi

134. Yashil Burun orollari Respublikasi

135. Pokiston Respublikasi

136. Panama Respublikasi

137. Paragvay Respublikasi

138. Peru Respublikasi

139. Polsha Respublikasi

140. Portugaliya Respublikasi

141. Ruanda Respublikasi

142. San-Marino Respublikasi

143. Seyshel orollari Respublikasi

144. Senegal Respublikasi

145. Serbiya Respublikasi

146. Singapur Respublikasi

147. Sloveniya Respublikasi

148. Myanma Ittifoqi Respublikasi

149. Sudan Respublikasi

150. Surinam Respublikasi

151. Serra-Leone Respublikasi

152. Tojikiston Respublikasi

153. Trinidad va Tobago Respublikasi

154. Turkmaniston Respublikasi

155. Uganda Respublikasi

156. Oʻzbekiston Respublikasi

157. Fidji Respublikasi

158. Filippin Respublikasi

159. Xorvatiya Respublikasi

160. Chad Respublikasi

161. Chernogoriya Respublikasi

162. Chili Respublikasi

163. Ekvador Respublikasi

164. Ekvatorial Gvineya Respublikasi

165. El-Salvador

166. Janubiy Sudan Respublikasi

167. Kamerun Respublikasi

168. Rossiya Federatsiyasi

169. Ruminiya

170. Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong Maxsus Maʼmuriy tumani

171. Puerto-Riko erkin assotsiatsiyalangan davlati

172. Shimoliy Irlandiya

173. Sent-Vinsent va Grenadinler

174. Sent-Lyuciya

175. Suriya Arab Respublikasi

176. Slovakiya Respublikasi

177. Bagama orollari Hamdoʻstligi

178. Dominika Hamdoʻstligi

179. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

180. Amerika Qoʻshma Shtatlari

181. Solomon orollari

182. Vetnam Sotsialistik Respublikasi

183. Komor orollari Ittifoqi

184. Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Respublikasi Makao Maxsus Maʼmuriy tumani

185. Ummon Sultonligi

186. Taiti

187. Guam xududi

188. Togolez Respublikasi

189. Tunis Respublikasi

190. Turkiya Respublikasi

191. Ukraina

192. Uels

193. Farer orollari

194. Nepal Federativ Demokratik Respublikasi

195. Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi

196. Braziliya Federativ Respublikasi

197. Germaniya Federativ Respublikasi

198. Nigeriya Federativ Respublikasi

199. Somali Federativ Respublikasi

200. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

201. Finlandiya Respublikasi

202. Fransiya Respublikasi

203. Markaziy Afrika Respublikasi

204. Chexiya Respublikasi

205. Shveysariya Konfederatsiyasi

206. Shotlandiya

207. Eritreya

208. Estoniya Respublikasi

209. Janubiy Afrika Respublikasi

211. Yamayka

211. Yaponiya

2018 yili   Xalkaro dustlik guruxlari „Futbol doʻstlik uchun“ buyicha Jaxon kubogi uyinlarida ishtirok etishdi. Loyixa tarixda ilk marotaba Siriya esh  sharxlovchisi Yazn Taxa[27] va uyinni Rossiya esh xakami Bogdan Batalin[28] tomonidan baxolandi

2018-yilgi „Futbol doʻstlik uchun“ Jaxon chempionatining goliblari Shimpanze jamoasi buldi va Dominikadan, Sent-Kits  va Nevisdan, Malavi, Kolumbiya, Benindan va Kongo Demokratik Respublikasidan kelgan esh futbolchilarni uz ichiga olgan. Saranskning esh ishtirokchisi Vladislav Polyakov terma jamoaga murabbiylik kildi[29].

Dasturning  oltinchi mavsumining yakuniy tadbiri, 13 iyun kuni  okeonografiya  va dengiz biologiyasi „Moskvarium“ markazida  Xalkaro „Futbol doʻstlik uchun“ bolalar forumi bulib utdi. U erda  Viktor Zubkov, (Gazprom" PFK direktorlar kengashi raisi),  Olga Golodes  (Rossiya Federatsiyasi Xukumati raisining urinbosari), Iker Kasilyas (Ispaniyalik futbolchi   milliy terma jamoaning sobik sardori)  , Aleksandr Kerjakov (rus futbolchisi), Rossiya eshlar futbolining murabbiyi, shuningdek, dunening 54 ta elchixonasi va boshka mexmonlar vakillari ishtirok etdi[30].

Oltinchi mavsumining eng yaxshi futbolchilari forumida: Kongo Demokratik Respublikasidan Deo Kalenga Mvensen, (eng yaxshi xujumchi),  Benindan Yamiru  Oura (eng yaxshi yarim ximoyachi), Uelsden Ivan Volinkin (eng yaxshi darvozabon) va Braziliyalik Gustavo Sintra Rosha  (MVP) takdirlanishdi[27].

2018 yilgi „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining eng yaxshi esh jurnalisti Aruba shaxridan, Shaykali Esensi takdirlandi. Kizning blogi okeaniyani ekologik xabardorligi uchun xabardor kilishga chakiradi[31].

Forumda Xindistonlik ishtirokchi  Anagna Kambodjoning  utgan mavsumdagi kitob va avtografiya sessiyasi  takdimoti bulib utdi[32]. 2017 yilgi „Futbol doʻstlik uchun“ ning beshinchi mavsumini yakunlagach, Ananya "„My journey from Mohali to St. Petersburg“ kitobini ezdi va esh jurnalist sifatida ishtirok etaetgan tajribasi xakida gapirib berdi. U erda dasturning tukkizta kadriyatlari xakida gapirib, duneni yaxshirok uzgartirishga erdam berdi.

14 iyun kuni „Futbol doʻstlik uchun“ Xalkaro bolalar forumi yakunlanganidan sung, esh futbolchilar va jurnalistlar, Rossiyada bulib utadigan 2018-yilgi Jaxon chempionatining ochilishi marosimida ishtirok etishdi. „Lujniki“ stadionida bolalar bu yilgi dasturda ishtirok etaetgan barcha 211 mamlakat va mintakaning bayroklarini, tantanali ravishda kutarib chikishdi[33]. Shundan sung, „Futbol doʻstlik uchun“ ning esh ishtirokchilari Rossiya va Saudiya Arabistonni terma jamoalari urtasidagi dastlabki uyinni tomosha kilishdi.  

Rossiya Federatsiya prezidenti Vladimir Putin ochilish uchrashuvini tomosha kilish uchun Rossiya futbolining  esh elchisi Albert Zinnatovni uzining eniga taklif kildi. U erda esh yigit Braziliyalik Jaxon kubogi chempioni Roberto Karlos va Ispaniyalik Futbolchi  Iker Kasilyas bilan gaplashdi[34].

Moskvadagi yakuniy tadbirda, 211  mamlakat va mintakalarning, 1500 dan ortik bolalari va usmirlari ishtirok etdi. Oltinchi mavsumda 180 dan ortik tadbirlar tashkil kilinib, jami 240 mingdan ortik bolalar ishtirok etishdi[35].

2018 yilda loyixa xukumat tomonidan kullab-kuvvatlandi. Rossiya Federatsiyasi xukumati bosh vazirining urinbosari Olga Golodes Xalkaro bolalar forumi ishtirokchilari va mexmonlariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tabrik suzini ukib berdi. Rossiya Federatsiyasining Xukumati raisi Dmitriy Medvedev „Futbol doʻstlik uchun“ oltinchi xalkaro bolalar forumining ishtirokchilari va mexmonlariga, salom beradigan telegrammani yubordi[36].

23 may kuni bulib utgan brifingda,  Rossiya tashki vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova, bugun "„Futbol doʻstlik uchun“ dasturini jaxon xamjamiyati tomonidan, Rossiyaning xalkaro ijtimoiy siesatining muxim gumanitar tarkibiy kismi deb bilishini taʼkidladi[37].

FIFAning „Futbol doʻstlik uchun“ dasturi anʼanaviy tarzda kullab-kuvvatlandi. Tashkilot Moskvadagi yakuniy tadbirlarning ishtirokchilari va mexmonlarining umumiy soni, 5000 kishini tashkil etganini taʼkidladi[38].

Futbol doʻstlik uchun 2019[tahrir]

2019-yilgi dustlik futboli 2019-yil 28-maydan 2-iyungacha Madridda „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining ettinchi mavsumi, muxim vokealari bulib utadi. Odatdagidek, Ochik tanlov aralash guruxlar tarkibi — Xalkaro dustlik guruxlari aniklandi. 2018 yilda bulgani kabi, dasturning ekologik tashabbusi doirasida jamolar noeb va yukolib boraetgan xayvon turlari nomlari bilan ataldi.[39]

Yettinchi mavsumning asosiy vokealari „Futbol doʻstlik uchun“ xalkaro forumi bulib xisoblanadi. 2019-yilda Forum futbolchilar, siesatchilar, jamoat va sport tashkilotlari vakillari urtasida konstruktiv mulokot va tajriba almashish uchun muljallangan maydonchadir. Forum duneda bolalar va eshlar futbolini rivojlantirishga bagishlangan.[39]

„Futbol doʻstlik uchun“  jahon chempionati[tahrir]

Xalqaro bolalar futboli turniri „Futbol uchun doʻstlik“ dasturi doirasida oʻtkaziladi[40]. Chempionatda ishtirok etadigan jamoalar — „Doʻstlik terma jamoalari“ — Ochi qurʼa tashlashda shakllantiriladi[41]. Terma jamoalar "Futbol doʻstlik uchun " tamoyili boʻyicha[42] tashkil etiladi: bir jamoada turli millat, jinsga mansub va turli jismoniy qobiliyatli sportchilar oʻynaydi.[43]

„Futbol doʻstlik uchun“  Xalqaro bolalar forumi[tahrir]

Yillik „Futbol doʻstlik uchun“  Xalqaro bolalar forumida loyihaning yosh ishtirokchilari kattalar bilan birgalikda dasturning qadriyatlarini dunyo miqyosida targʻib qilish va rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Forum davomida bolalar boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlari, taniqli futbolchilar, jurnalistlar va jamoat arboblari bilan uchrashadilar va ular bilan muloqotda boʻladilar hamda kelajakda oʻz tengdoshlari orasida umuminsoniy qadriyatlarni mustaqil ravishda targʻib qiladigan yosh elchilarga aylanadila.[44]

Xalqaro bolalar matbuot markazi[tahrir]

Oʻz xalqaro Bolalar matbuot markazi „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining oʻziga xos xususiyatiga aylandi[45]. U birinchi marta 2014 yilda „Futbol doʻstlik uchun“  dasturi doirasida tashkil etilgan edi[46]. Matbuot markazining yosh jurnalistlar oʻz mamlakatlarida dastur voqealarini yoritishadi[47]: milliy va xalqaro sport ommaviy axborot vositalari uchun yangiliklar tayyorlashadi, „Futbol doʻstlik uchun“ telekanali, Football for Friendship bolalar gazetasi va dastur rasmiy radiostansiyasi uchun materiallarni yaratishda ishtirok etishadi[48]. Xalqaro Bolalar Matbuot markazi milliy musobaqalarida „Eng yaxshi yosh jurnalist“[49] milliy tanlovlarining gʻoliblari, yosh bloggerlar, fotograflar va yozuvchilarni birlashtiradi. Matbuot markazining yosh jurnalistlari " bolalar haqida bolalar " formatini amalga oshirib oʻz fikr-mulohazalarini dasturning ichida turib ifoda qilishadi.[50]

Xalqaro Futbol va Doʻstlik kuni[tahrir]

"Футбол дўстлик учун " dasturi doirasida Xalqaro futbol va doʻstlik kuni 25 aprelda nishonlanadi[51]. Bayram birinchi marta 2014 yilda 16 mamlakatda nishonlandi[52]. Oʻsha kuni doʻstona matchlar, fleshmoblar, radio marafonlar, master-klasslar, televizion shoular, ochiq mashq qilishlar va boshqalar boʻlib oʻtdi.[53] Bayramga 50 mingdan ziyod kishi qatnashdi.

2015 yilda futbol va doʻstlik kuni 24 mamlakatda nishonlandi[54]. Bayram doirasida doʻstona oʻrtoqlik matchlari va boshqa tadbirlar oʻtkazildi. Germaniyada „Shalke 04“ klubining futbolchilari ochiq mashq qilish tadbirini oʻtkazdilar[55],  Serbiyada TV-Shou, Ukrainada „Volin“ FJ yoshlar futbol jamoasi va  oilalar, bolalar va yoshlar uchun ijtimoiy xizmatlar Lutsk Shahar markazida roʻyxatga olingan bolalar oʻrtasida match boʻlib oʻtdi.[56]

Rossiyada futbol va doʻstlik kuni 25 aprel kuni 11 shaharda nishonlandi. Vladivostok, Novosibirsk, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Barnaul, Sankt-Peterburg va Saranskda dasturning  asosiy qadriyatlarini eslatishga moʻljallangan doʻstona futbol matchlari  boʻlib oʻtdi. Krasnoyarsk, Sochi va Rostov-Donda  2014 yilda Olimpiada mashʼalasini koʻtargan kishilar ishtirokida  "Doʻstlik estafetasi " boʻlib oʻtdi. Moskvada koʻzi ojizlar  sporti Federatsiyasining koʻmagida  „Teng imkoniyatlar turniri“ tashkil etildi. 5 may kuni Nijniy Novgorod va Qozonda futbol va doʻstlik kuni nishonlandi.[8]

2016 yilda futbol va doʻstlik kuni 32 mamlakatda nishonlandi. Rossiyada bu bayram toʻqqizta shahar: Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Barnaul, Birobijon, Irkutsk, Krasnodar, Nijniy Novgorod va Rostov-Donda nishonlandi. Nijniy Novgorodda „Volga“ yosh futbolchilarining   oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtdi, klubning katta futbolchilari esa bolalar uchun mashqlar  va trening oʻtkazdi. Novosibirskda boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida nogiron bolalar — Novosibirsk viloyati „Yermak-Sibir“ terma  jamoasi ishtirok etdi.[12]

2017 yilda Futbol va doʻstlik kuni 64 mamlakatda nishonlandi. Butun jahon boʻyicha oʻtkazilgan turli tadbirlarda serbiyalik himoyachi Branislav Ivanovich, gollandiyalik hujumchi Dirk Kyuyt kabi mashhur futbolchilar ishtirok etdilar. Gresiyada bu tadbirga 2004 yildagi Yevropa chempionatining gʻolibi Teodoras Zagorakis mamlakat terma jamoasi tarkibida  ishtirok etdi. Rossiyada,  „Zenit“ FJ negizida  „Futbol doʻstlik uchun“ 2017 dasturinining yosh elchisi Zaxar Badyuk maxsus mashq qilib oʻrganish sharafiga muyassar boʻldi.  Mashq qilib oʻrganish davomida „Zenit“ FJ  darvozaboni Yuriy Lodigin Zaxarning qobiliyatlariga yuqori baho berdi i darvozabonlik sanʼatining sirlari bilan oʻrtoqlashdi.[16]

„Futbol doʻstlik uchun“ ning tukkizta kadriyalari[tahrir]

2013 yil 25- mayda  Buyuk Britaniya, Germaniya, Sloveniya, Vengriya, Bolgariya, Gresiya va Rossiyaning esh elchilari, dasturning dastlabki sakkizta kadriyatlarini-dustlik, tenglik, adolatni shakllantirgan, Birinchi Xalkaro Bolalar forumida soglikni saklash, tinchlik, sadokatlik, galaba va anʼanalar ochik xat bilan takdim etdi. Xalkaro futbol tashkiloti (FIFA), Yevropa futbol uyushmalari assotsiatsiyasi  (UEFA) va Xalkaro Olimpiya kumitasi, Xalkaro sport tashkiotlari raxbarlariga xat junatishdi. 2013 yil sentyabr oyida Yozef Bletter, Vladimir Putin va Vitaliy Mutko bilan uchrashuv paytida maktubni kabul kilganini tasdikladi va dustlik uchun futbolni kullab kuvvatlashga tayer ekanligini bildirdi[11].

2015 yilda Xitoy, Yaponiya va Kozogiston ishtirokchilari  „Futbol doʻstlik uchun“dasturiga kushilishdi va tukkizinchi kadamni sharaflashni taklif kilishdi[57].

„Toʻqqiz qadriyat“ kubogi[tahrir]

"Тўққиз қадрият" kubogi — bu  „Futbol doʻstlik uchun“ Xalqaro bolalar ijtimoiy dasturi mukofoti. Har yili kubok loyiha qadriyatlari: doʻstlik, tenglik, odillik, sogʻliq, tinchlik, fidokorlik, gʻalaba, anʼanalar va shon-sharafga eng katta sodiqlik uchun beriladi. Gʻolibni tanlashda butun dunyodagi muxlislar ishtirok etadilar, ammo yakuniy qaror ovoz berish yoʻli bilan „Futbol doʻstlik uchun“  loyihasi ishtirokchilari tomonidan qabul qilinadi. „Toʻqqiz qadriyat“ Kubogining sovrindori boʻlgan futbol klublari: „Bavariya“ (2016), „Al-Vaxda“ (maxsus sovrin), „Real Madrid“ (2017).[58]

Doʻstlik bilaguzugi[tahrir]

"Футбол дўстлик учун " dasturining  barcha tadbirlari tenglik va sogʻlom turmush tarzi ramzi boʻlgan Doʻstlik bilakuzuklari almashinuvi bilan boshlanadi. Bilaguzuk koʻk va yashil rangli iplardan iborat, uni dastur qadriyatlariga amal qiladigan har bir kishi taqib yurishi mumkin.

Frans Bekkenbauerning soʻzlariga koʻra

"Harakat ramzi boʻlgan  ikki rangli bilaguzuk ham „Futbol doʻstlik uchun“dasturining asosiga qoʻyilgan qadriyatlar kabi oddiy va tushunarli".

Dasturning yosh ishtirokchilari mashhur sportchilar va jamoat arboblari[59] shu jumladan: Dik Advokat[60], Anatoliy Timoshuk[61] va Luish Netu, Frans Bekkenbauer[62], Luis Fernandes, Dide Drogba, Maks Meyer, Fatma Samura, Leon Goreska,  Leon Goreska, Domeniko Krishito, Michel Salgado, Aleksandr Kerjakov, Dimas Pirros, Miodrag Bojovich, Adelina Sotnikova, Yuriy Kamenesga doʻstlik bilaguzuklarini bogʻladilar.

Mavsumlar orasidagi ishtirokchilar faolligi[tahrir]

"Футбол учун дўстлик" dasturining yosh futbolchilari rasmiy mavsumdan tashqari turli tadbirlarda ishtirok etadilar. 2013 yilning may oyida „Maribor“ (Sloveniya) futbol klubi yoshlar tarkibining oʻyinchilari Kambodjalik bolalar bilan xayriya doʻstlik matchini oʻtkazdilar.[63] 2014 yilning 14 sentyabr kuni Sochi shahrida dasturning Rossiyalik ishtirokchilari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va FIFA prezidenti Yozef Blatter bilan uchrashuv doirasida Vladimir Putin bilan muloqotda boʻldilar[64]. 2014 yilning iyun oyida Fransiya Prezidenti Fransua Olland „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining ishtirokchisi boʻlgan „Taverni“ jamoasini Fransiya va Nigeriya oʻrtasidagi 2014 yildagi Jahon chempionati oʻyinini tomosha qilish uchun Yelisey saroyiga taklif qildi. 2016 yilning aprel oyida „Futbol doʻstlik uchun“  2015 dasturining elchisi Yuriy Vashuk loyihada ishtirok etish tajribasi bilan oʻrtoqlashish uchun  Belorusning eng kuchli odami Kirill Shimko  va „BATE“ FJ yosh futbolchilari bilan uchrashdi. Yuriy Vashuk Kirill Shimkoga ramziy doʻstlik bilakuzugini sovgʻa qilib, unga loyiha gʻoyalari: doʻstlik, odillik, sogʻlom turmush tarzini ilgari surish estafetasini topshirdi.

Sovrinlar va mukofotlar[tahrir]

"Футбол дўстлик учун " dasturi turli tanlovlar gʻolibi hamda bir qator  Rossiya va xalqaro mukofotlar sovrindori boʻldi. Shu jumladan:   „Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish“ nominatsiyasida „Rossiyaning eng yaxshi ijtimoiy loyihalari“, „Korporativ Ijtimoiy Masʼuliyat“ nominatsiyasida biznes kommunikatorlar  Xalqaro assotsiatsiyasining (IABC)  Gold Quill Awards sovrini  (2016),  "Sayyoraning eng yaxshi Ijtimoiy loyihasi " nominatsiyasida Sabre Awards (2016), „Eng yaxshi xalqaro strategiya“  nominatsiyasida The Drum Social Buzz Awards (2017)[65], „Eng yaxshi mediastrategiya“ nominatsiyasida i The Internationalist Awards for Innovative Digital Marketing Solutions (2017)[66], „Rossiyaning eng yaxshi ijtimoiy loyihasi“ nominatsiyasida „Kumush kamonchi“ sovrinlari(2018), Kumush kamonchi" gran-pri sovrini (2018) boʻldi.

Manbalar[tahrir]

  1. https://www.sportindustry.biz/news/football-friendship-project-returns
  2. inserbia.info/today/2014/04/gazproms-football-for-friendship-2014
  3. https://www.sport-express.ru/football/gazprom/reviews/futbol-dlya-druzhby-2018-obyavleny-imena-uchastnikov-programmy-ot-rossii-1401229/
  4. www.prnewswire.com/news-releases/young-football-players-from-24-countries-of-europe-and-asia-meet-at-third-international-childrens-football-for-friendship-forum-506472841.html
  5. https://archive.is/20150515191023/http:/fcbusiness.co.uk/news/article/newsitem=2379/title=franz+beckenbauer+kicks+off+gazprom%92s+%91football+for+friendship%92+campaign
  6. www.ntv.ru/sport/627113
  7. https://web.archive.org/web/20150522173321/http:/www.epochtimes.de/service/vladimir-putin-und-fifa-praesident-joseph-s-blatte-bei-football-for-friendship-222
  8. 8,0 8,1 8,2 www.lazionews.eu/settore-giovanile/oltre-450-ragazzi-riuniti-da-gazprom-in-occasione-del-secondo-forum-internazionale-football-for-friendship/
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 www.noodls.com/viewNoodl/28582380/oao-gazprom/young-football-players-from-24-countries-of-europe-and-asia-
  10. www.prnewswire.com/news-releases/young-football-players-from-24-countries-of-europe-and-asia-meet-at-third-international-childrens-football-for-friendship-forum-506472841.html
  11. 11,0 11,1 www.mirror.co.uk/sport/football/news/franz-beckenbauer-reveals-hes-barcelona-7695610
  12. 12,0 12,1 www.sgb-sports.com/index.php/fourth-gazprom-football-for-friendship-project-launches/
  13. rbth.com/sport/2016/06/01/gazprom-brings-soccer-crazy-kids-to-milan-for-uefa-champions-league-final_599353
  14. www.prnewswire.co.uk/news-releases/fourth-international-football-for-friendship-forum-brings-together-young-footballers-from-three-continents-581479171.html
  15. www.euronews.com/2016/05/31/football-for-friendship-syrian-youth-team-make-tournament-debut-in-milan
  16. 16,0 16,1 www.windsorstar.com/business/cnw/release.html?rkey=20170316C8720&filter=5613
  17. finance.dailyherald.com/dailyherald/news/read/33918303/Fifth_Season_of_Gazprom’s_Football_for_Friendship_International_Childrenʼs_Project_Launched
  18. https://www.merrilledge.com/research/story?stryKey=600-201703161740PR_NEWS_USPRX____enUK201703165338-1
  19. 19,0 19,1 www.newswit.com/.gen/2017-03-17/bafb838790ea60129b53d1add5e4ee99/
  20. www.euronews.com/2017/07/06/football-brings-kids-together
  21. www.euronews.com/2017/07/06/football-brings-kids-together
  22. stomp.straitstimes.com/singapore-seen/12-year-old-sporean-messi-wins-global-football-contest-in-russia
  23. www.euronews.com/2018/02/16/football-for-friendship-sets-stage-for-2018-world-cup
  24. www.thedailystar.net/sports/football/time-defender-bangladesh-1543027
  25. www.chronicle.co.zw/russia-opportunity-for-zim-youngsters/
  26. https://www.gazprom-football.com/ru/f4f18/news/detail/215.htm
  27. 27,0 27,1 https://www.sovsport.ru/others/lifestyle/articles/1059219-shikarnyj-futbol-krepkaja-druzhba
  28. https://www.sovsport.ru/others/lifestyle/articles/1058343-ih-podruzhil-futbol
  29. https://www.sport-express.ru/football/gazprom/news/yunyy-trener-iz-rossii-stal-chempionom-mira-po-futbolu-dlya-druzhby-1420530/
  30. https://www.sport-express.ru/football/gazprom/reviews/more-schastya-druzhby-i-futbola-1428124/
  31. https://www.sovsport.ru/others/lifestyle/articles/1059219-shikarnyj-futbol-krepkaja-druzhba
  32. https://www.sport-express.ru/football/gazprom/reviews/more-schastya-druzhby-i-futbola-1428124/
  33. https://rsport.ria.ru/russia2018_news/20180615/1138055010.html
  34. https://www.sport-express.ru/football/gazprom/news/yunyy-posol-futbola-dlya-druzhby-vstretilsya-s-prezidentom-rossii-na-chm-v-moskve-1424143/
  35. https://www.sport-express.ru/football/gazprom/news/uchastniki-futbola-dlya-druzhby-iz-211-stran-i-regionov-pribyli-v-moskvu-1419265/
  36. http://government.ru/gov/persons/183/telegrams/32841/
  37. http://www.mid.ru/ru/press_service/spokesman/briefings/-/asset_publisher/D2wHaWMCU6Od/content/id/3231268##23
  38. https://www.fifa.com/worldcup/news/211-countries-and-regions-took-part-in-the-sixth-international-football-for-frie
  39. 39,0 39,1 https://www.championat.com/football/news-3707473-segodnja-startuet-sedmoj-sezon-socialnoj-programmy-futbol-dlja-druzhby.html
  40. www.chelseafc.com/news/latest-news/2014/05/chelsea-foundation-youngsters-head-to-lisbon.html
  41. www.chelseafc.com/news/latest-news/2014/06/chelsea-foundation-plays-part-in-children-forum.html
  42. www.vanluyken.nl/nieuws/149-ipersbericht-i-double-dutchies-na-trainingskamp
  43. rbth.com/sport/2014/05/30/big_soccer_for_little_europeans_37075.html
  44. www.fifa.com/confederationscup/news/y=2017/m=8/news=confed-cup-hosts-friendship-forum-2902692.html
  45. www.habermonitor.com/en/haber/detay/for-friendlies-football-scope-young-reporter/333164/
  46. www.crawleyobserver.co.uk/news/local/crawley-girl-13-who-dreams-to-play-football-for-england-meets-world-cup-legend-1-6112060
  47. www.itsroundanditswhite.co.uk/2014/04/15/football-for-friendship-are-on-the-hunt-for-talented-young-journalists/
  48. https://web.archive.org/web/20140708202936/http:/www.vanluyken.nl/artikel/37-nederlands-voetbaltalent-scoort-tijdens-football-for-friendship-beste-jonge-journalist-uit-nederland-interviewt-franz-beckenbauer-
  49. https://web.archive.org/web/20160304111738/http:/www.getbucks.co.uk/news/local-news/12-year-old-bucks-boy-best-young-9095138
  50. www.financialexpress.com/india-news/mission-xi-million-picks-chandigarh-girl-ananya-kamboj/689736/
  51. https://web.archive.org/web/20150522194216/http:/theindependent.sg/blog/2015/04/27/kids-from-24-countries-in-europe-and-asia-are-celebrating-international-day-of-football-and-friendship/
  52. rbth.com/sport/2015/05/15/children_from_24_countries_celebrate_day_of_football_and_friendship_46087.html
  53. https://www.theguardian.com/football/2015/apr/26/said-and-done-blatter-putin-david-cameron
  54. rbth.com/multimedia/2015/05/12/the-international-day-of-football-and-friendship_95713?crid=325359
  55. instagify.com/media/979016253229007447_641360799
  56. business-center.amchamchina.org/news/?dir=17&doc=201504262030PR_NEWS_ASPR_____EN90314&andorquestion=OR&&ok=1&passDir=0
  57. http://www.joblenobl.ru/news/287-v-ramkakh-programmy-futbol-dlya-druzhby-uchrezhden-kubok-devyati-tsennostej
  58. www.euronews.com/2017/07/17/f4f-nine-values-cup-2017-goes-to-real-madrid
  59. www.dailymail.co.uk/sport/worldcup2014/article-2642473/Vitor-Baia-tips-Portugal-special-World-Cup-Cristiano-Ronaldo-shines-backs-old-boss-Jose-Mourinho-Chelsea.html
  60. www.deweekkrant.nl/artikel/2014/mei/27/double_dutchie_dirk_proper_uit_elst_een_voetbal
  61. https://web.archive.org/web/20141223203736/http:/bigpicture.ru/?p=516227
  62. www.theboltonnews.co.uk/news/11270319.Interview_sends_Megan_Mackey_to_Champions_League_final/
  63. sport.rbc.ru/article/172216/
  64. en.kremlin.ru/events/president/news/19222
  65. www.socialbuzzawards.com/social-buzz-awards-2017/best-international-strategy/how-to-make-kids-voices-to-be-heard-globally
  66. www.internationalist-awards.com/new-digital-awards/