Kontent qismiga oʻtish

Fusajirō Yamauchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fusajirō Yamauchi
山内 房治郎
Tavalludi 22-noyabr 1859-yil
Vafoti 1-yanvar 1940-yil(1940-01-01)
(80 yoshda)
Kioto, Yaponiya
Fuqaroligi Yaponiya fuqarosi
Kasbi hunarmand, Nintendo kompaniyasining asoschisi

Fusajirō Yamauchi (yaponcha:山内 房治郎)[1][2] – Yaponiyalik tadbirkor, Nintendo kompaniyasining asoschisi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fusajiro 1868-yil 22-noyabrda dunyoga keladi. U hunarmand Sôsuke Fukuining toʻngʻich oʻgʻli edi[3]. Otasi sement ishlab chiqaruvchi Xaygan nomli kompaniya egasining qizlaridan biriga uylanadi va Yamauchi familiyasini oladi. Yamauchi oilasida merosxoʻr oʻgʻil farzand boʻlmagani sababli 1885-yilda 17 yoshli Fusajiro kompaniyani meros qilib oladi va uning nomini Haikyo deb oʻzgartiradi[3]

Picture of the Haikyo doʻkonining Takasewaga koʻprigidan olingan rasmi, 1917-yil. Chap tomonda sement qoplarini koʻrish mumkin

.

Yamauchi Fusajirô Shôten yohud Yamauchi Nintendo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meydzi islohoti natijasida 1885-yilda qimor oʻyinlari toʻgʻrisidagi qonunlar qayta koʻrib chiqildi va Xanafuda kartalari ishlab chiqarish va sotishga ruxsat berildi[4]. Kiotoda koʻplab sement sotadigan doʻkonlar tarmogʻini yoʻlga qoʻygandan soʻng Fusajiro Xanafuda kartalari sotish koʻpayib ketgani va ushbu oʻyinga oʻzi ham qiziqishi hisobiga hunarmand sifatidagi oʻz mahoratidan foydalanib Xanafuda kartalari ishlab chiqaruvchi korxonaga asos soladi[3].

1889-yil 23-sentabrda Fusajiro Yamauchi oʻzi sotib olgan eski va hech kim yashamaydigan uyda Yamauchi Fusajirô Shôten yoki boshqacha nom bilan aytganda Yamauchi Nintendoga asos soladi[5]. Fusajiro Xanafuda kartalarini tut poʻstlogʻi, loy va oʻzi yaratgan yogʻoch blokli bosma mashinasi yordamida ishlab chiqara boshlaydi[6]. Nintendo tomonidan sotilgan oʻyin kartalari unga tushurilgan Napoleon tasviri tufayli taniqli boʻlgan va bir necha yil ichida juda katta muvaffaqiyatga erishadi[5][7][8].

Shaxsiy maʼlumotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻil farzandi boʻlmagan Fusajiro 1905-yilda Nintendoda asrning boshida ish boshlagan xodim Sekiryo Kaneda oʻz kuyovi qiladi va ikki qizidan biri Teini unga nikohlab beradi[9]. Keyingi 10 yil davomida Sekiryo Nintendo va Haikyo kompaniyalarini qaynotasi bilan birgalikda, 1929-yilda Fusajiro isteʼfoga chiqqanidan soʻng esa oʻzi yakka boshqara boshladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nintendo Founder Fusajiro Yamauchi Launches a WorldWide Game Sensation“ (en). Lifewire. Qaraldi: 2024-yil 2-iyul.
  2. „Fusajiro Yamauchi“. www.nndb.com. Qaraldi: 2024-yil 2-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 15 bet. ISBN 978-2-919603-40-4. 
  4. Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 14 bet. ISBN 978-2-919603-40-4. 
  5. 5,0 5,1 Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 16 bet. ISBN 978-2-919603-40-4. 
  6. Sheff, David. Game over: how Nintendo conquered the world, 1st, New York: Vintage Books, 1994. ISBN 978-0-679-73622-6. 
  7. Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 18 bet. ISBN 978-2-919603-40-4. 
  8. Sheff, David. Game Over, Press Start to Continue: How Nintendo Conquered the World (en). United States of America: Cyberactive Media Group Inc/Game pr, 1 April 1999 — 15 bet. ISBN 9780966961706. 
  9. Firestone, Mary. Nintendo: the company and its founders, Technology pioneers. Edina, Minn: ABDO Pub. Co, 2011 — 18 bet. ISBN 978-1-61714-809-5.