Rasin Jan
| Rasin Jan | |
|---|---|
| Fayl:Portrait de Jean Racine d'après Jean-Baptiste Santerre.jpg, Jean Racine - Versailles MV 2926.jpg | |
| Vafoti | 21-aprel 1699 |
| Fuqaroligi | Kingdom of France |
| Otasi | Jean Racine |
| Onasi | Jeanne Sconin |
Rasin Jan (1639.21.12, FerteMilon — 1699.21.4, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning yirik vakili. R. asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yaratgan, asosiy person ajl ari qirol, gersog, graf va goʻzal xonimlar boʻlishiga qaramay, bu asarlarda XVII asrdagi siyosiygʻoyaviy qarashlar ifodalangan.
R. „Buyuk Iskandar“ (1665), „Axdromaxa“ (1667), „Britannik“ (1669), „Berenika“ (1670), „Boyazid“ (1672), „Ifigeniya Avlidada“ (1674), „Fedra“ (1677), „Gofoliya“ (1691) va boshqa tragediyalar yozgan. „Andromaxa“ bilan fransuz teatri tarixida yangi sahifa ochilgan. Tragediyaning mazmuni yunon miflaridan olingan boʻlib, R. antik mazmunga yangicha maʼno bergan. Ishqiy hayajonlar zaminida axloqiy muammoni ilgari surgan. Markaziy figura Andromaxa R.ning gumanistik ilgʻor gʻoyalarini tashuvchi, zolimlikni fosh etuvchi obraz sifatida gavdalangan. Unga zolim Pirr qaramaqarshi qoʻyilgan. „Gafoliya“ asarida xalqning zolimlarga qarshi qoʻzgʻoloni voqeasi yoritilgan. R. ijodining soʻnggi davrida „Diniy qoʻshiqlar“ sheʼriy toʻplami (1694) va „PorRoyalning qisqa tarixi“ asarlarini yozgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |