Frank gers tajribasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Frank gers tajribasi - atom ichki energiyasining diskretligini isbotlovchi tajriba. Birinchi boʻlib 1913 yilda J. Frank va G. Gers oʻtkazgan. Simob bugʻi’ bilan toʻldirilgan elektrovakuum nayning K katodi va S, toʻriga elektronlarni tezlatuvchi kuchlanish, S2 toʻr va A anodga esa sekinlashtiruvchi U kuchlanish berilgan va tok kuchi / ning U ga bogʻlanishi olingan. I sohada tezlashgan elektronlar II sohada simob atomlariga uriladi. Elektronlarning toʻqnashishdan keyingi energiyasi III sohadagi sekinlashtiruvchi kuchlanishni yengib oʻtishga yetarli boʻlsa, ular anodga yetib boradi. Demak anod toki / elektronlarning urilishda energiya yoʻqotishiga bogʻliq. Tajriba elektronning energiyasi Ye<4,9 eV boʻlganda ularning simob atomlari bilan toʻqnashishi elastik boʻlishini (energiya yoʻqotmaydi), Ye>4,9 eV boʻlganda esa toʻqnashish noelastik boʻlib, har toʻqnashishda elektron simob atomiga 4,9 eV energiyasini berishini koʻrsatadi. Bu atomning ichki energiyasi uzluksiz oʻzgarmay, sakrab oʻzgarishini isbotlaydi.