Foydalanuvchi munozarasi:Rahimova Ashuroy

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Men o'z ochiq darsimni muhokama uchun havola etayapman.

Fan O`qish

Dars mo’ljallangan sinf yoki tavsiya qilingan o’quvchi yoshi 3 sinf. 9-10 yosh Kalendar tematik rejaga ko’ra dars mavzusi 36 dars. Kuz manzarasi va mehnat. Oltin kuz. Davlat ta’lim andozasi yoki maktab direktori tasdiqlagan kalendar tematik rejaga yo’llanma (bo’limni, bo’limga kiruvchi mavzularni va tanlovga taqdim etilgan darsning tartib raqamini ko’rsating) Kalendar tematik rejaga rejaga yo`llanma bo`limiga kiruvchi 36-dars. Darsning maqsad va vazifalari/ kutilayo\tgan narijalari Darsning tarbiyaviyligi O`quvchilarga fasllar almashinuvi, asosan kuz faslining hayotdagi ahamiyati, tabiatning mo`jizasini yaqqol namoyon bo`layotganini his qilish. Tabiat ya`ni kuz in`om etgan noz-ne`matlarni nes-nobud qilmaslik, uning borligicha-go`zalligicha idrok qilish, ozor bermaslik. Kishilar mehnatini qadrlash, asrash, avaulash hissini rivojlantirish. Darsning ta`limiyligi O`quvchilarga kuz faslini naqadar sermazmunligini, atrof muhit tozaligi, ob-havo o`zgarishi, Oltin kuz haqida yanada kengroq ma`lumot berish, og`zaki nutqni, hayoliy tasvvur qilish, idrok qilish, his qilish, kengroq fikrlash, bilim va ko`nikmalarni kengaytirish. Tabiiy o`zgarishlarni ilm-fan jihatdan asoslab chuqur tushuncha berish. Mavzuni mazmunini asoslab misollar orqali yoritib, bilim ko`nikmalarini rivojlantirish, uqtirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi O`quvchilarga mavzuni ta`lim standartlari bo`yicha, o`quvchilarni yuksak ma`naviy, ahloqiy fazilatlarini tarbiyalash. Umummadaniy bilimlarini shakllantirish, mehtan ko`nikmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashda atrof-olamga ongli munosabatda bo`lishni, o`quvchilarni iqtisodiy, huquqiy, ekologik, zamonaviy bilim ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash. Ushbu mavzu orqali kutilayotgan natijaga ijobiy, ijodiy erishish.


Dars uchun zarur bo’lgan manbalar tavsifi: plakatlar; diafilmlar; prezentatsiyalar; elektron resurslar; flipchartlar; qog’oz Plakatlar, diafilmlar, prezentaciyalar, elektron resurslar, fliplar, qog`ozlar, darsda mavzuga oid rangli plakatlar, chizilgan tabiiy manzaralar, ko`rgazmalar. Mavzu “Oltin kuz” shuning uchun kuzda pishgan mevalar asli ya`ni bog` maketi bo`lib, unda mevalar g`arq pishgan savatda terilgan, turli xil mevalar ko`rinishdagi kompozitciya. Paxta ochilgan tansi va shohlari, kuzda pishgan bug`doy, poliz ekinlari qovun, tarvuz, oshqovoq, kartoshka, sabzi, karam, turp hammasi go`yoki dalada pishgan maketi, ya`ni bo`yalgan yashil va oltin rang qog`ozlardan yasalgan barglar orasida poliz ekinlai yotibdi. Sinfxona kuz fasli ko`rinishida jihozlangan, yozuv taxtada esa mavzu yozilgan, hamma narsa joy-joyida bezak bilan joylashtirilgan. O`quvchilar sahna bezagini ham o`zlari kashf qilishgan. Stol ustida rangli rasmlar asosida tuzilgan ko`rgazmalar, Surxandaryoga bag`ishlangan kitob.


Internetdagi manzilni va faqat ushbu dars uchun zarur materiallarni ko’rsatgan holda ularni o’z ichiga olgan veb manbalar tavsifi http://foto.mail.ru/mail/reginaka/1/12.html - ушбу расмлар сахифасидан биз Олтин Куз расмини олдик ва доскага илиб ургазма килдик. http://www.perekop.info/img/city-autumn-001.jpg -ушбу сахифадан биз Олтин Куз расмини олдик ва дарсимизда кургазма сифатида фойдаландик www.connect.uz – веб-сахифасидан бошка хамкасбларим дарсларини куриб чикдим ва дарсимни тузишда менга уша дарслар намуна булди.

Ushbu darsda o’rganiladigan yangi tushunchalar va atamalar Valyuta-narx, qiymat (so`m) Sivilizasiya-ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma`naviy madaniyat darajasi o`sishi Ushbu so`z atamalarini xozirgi kunda har doim tez-tez eshitilayotganini, savdo-sotiq ayrboshlash, valyutaning o`rni, ahamiyati juda muhim. Sivilizasiyada qishloq ho`jaligini muhim rol o`ynaydi.

Bosqichlar va vaqt ko’rsatilgan holda dars sxemasi. Dars sxemasi quyidagi bandlarni o’z ichiga olishi mumkin: kirish, mavzuni o’rganish (o’qituvchining bergan ma’lumoti va o’quvchilarning mustaqil ishlashi), baholash, xulosa, uy vazifasi Salomlashish, ob-havoni so`rash, davomatni aniqlash o`quvchilarni jalb qilish-3 daqiqa Yangi mavzu haqida ma`lumot berish-30 daqiqa O`quvchilarning bilimini baholash, rag`batlantirish-5 daqiqa Xulosa, mavzuni yakunlash, mustahkamlash, savol-javob orqali fikr-mulohaza o’tkazish 5 daqiqa Uyga vazifa: Uyga berilgan vazifa haqida tushuncha berish, yo`llanma berish-2 daqiqa

Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti Kirish bo`lib o`quvchilar sinfxonada o`z joylariga ya`ni, partalari yonida turib, salomlashdilar. O`quvchilar Assalomu aleykum, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini kylaydilar. Aziz bolajonlar bugungi kun haqida ma`lumot beringchi. O`quvchi: Bugun 2005 yilning kuz fasli 20-oktyabr, haftaning 4-o`qish kuni, payshanba. Ob-havo issiq, quyosh o`z nurlarini atrofga sochib, tabiatga jilo berib turibdi. Sinf o`quvchilari bugungi darsga tayyor holda hammalari qatnashmoqda. O`tiring rahmat. Yozuv taxtasiga bugungi sana, mavzuni to`liq og`zaki tushurilgan va mavzu yozilgan.

                                                    “OLTIN KUZ”

Kuz.... Ona diyorimizga oltin kuz sepini yoygan. Kechalari salqin. Ertalab shudring tusha boshlaydi. Paxta dalalarining manzarasi o`zgacha. Loppi-loppi ochilgan paxta, dalalarining ko`rki bo`lib, quyosh nurida tovlanadi. Bu kuz manzarasiga qarang. Yangi plakatni qo`yamanda, unda kuz tasvirlangan, o`quvchilarning diqqatini jalb qilaman. O`quvchi ushbu ko`rgazmani og`zaki bayon qiladi. Unda dalada paxta terish mashinasi paxta termoqda. Dalaning orqasida tog`lar, old tomonida bog`. Daraxtlarning barglari oltinday tovlanadi. Aziz bolajonlar, qarang paxtani ko`rsatib asli maketi uning tanasiga paxtalar oppoq qiyg`os ochilgan. Paxta O`zbekistonning iftixori, uni chet davlatlariga valyuta evaziga sotiladi. Paxta bu bizning asosiy boyligimiz, undan kir sovun, chigit, paxta moyi, ip, gazmol olinadi. Bobodehqonlar erta bahordan dalada chigit ekib, uni yoz bo`yi parvarishlab, pishib yetilgan ya`ni, qiyg`os bo`lib ochilgan paxtani terib oladilar. Maketdagi har bir ochilgan paxta chanog`ida raqamlar, unda savol yozilgan. Uch qator o`quvchilar guruhlarga bo`linadi. 1-savol. Kuzda kishilar mehnati? 2-savol. Kuzda ob-havo? 3-savol. Kuzda yetishtiriladigan noz-ne`matlar? Tez, aniq javob bergan komanda rag`batlantiriladi. Aziz o`quvchilar! Mana bu boqqa qarang, unda nimalarni ko`rayapsiz? Bog` maketi, unda olam olam ma`no tabiat in`omlari bor, ularni biz mazza qilib istemol qilamiz. Bu ajoyib kompozisiyaning ichida olam olam aqlni charhlovchi savollar bor. Savatda olmalar, nok, xurmo, behi, uzum. Har mevada savol bor. Yana uchala komanda o`zaro bellashadilar. Ular o`zlari tayyorlagan sahna ko`rinishlarni namoyish qilishadi. 1.Paxtaoy komandasining mavzusi: “Paxta dalasida” deb nomlashgan va ijro etishdi. Ikki nafar o`quvchi paxta termoqda, biri chaqqon, mehnatsevar, epchil. Ikkinchisi dangasa, ishyoqmas bo`lib, ikkalasi suhbatlashmoqda: I- o`rtoq tez-tez paxta tersang bo`lmaydimi, nuqul egat ichida uxlab qolasan, bunaqada qachon paxta terasan? II- Ey o`rtoq, neb termasam sen terayapsanku o`sha paxtani. Men charchadim, dam olmoqchiman.

  Shunda uchinchi o`rtog`i kelib, nima sizlar doim paxta termasdan tortishib o`tirasizlar? Bunaqada paxta xirmoniga hissalaring qo`shilmaydi. Paxta bizning boyligimiz, iftixorimiz u bizni kiyim bilan kiygizadi, ustimiz but, qornimiz to`q. Qani bo`linglar chaqqon-chaqqon paxta terib, ona Vatanimizni  gullab-yashnashi uchun hissa qo`shamiz.

Oltin boshoq-komandasi. Ularning mavzusi “Non qadri” deb nomlangan. Sahna mavzusiga oid jihozlangan I-o`quvchi, non isrof qilib yerga tashladi-da o`tib ketayotgan edi. II-o`quvchi- Ey o`rtoq nega nonni yerga tashlaysan? Nonni uvol qilish, isrof qilish gunohku? Yeging kelmasa, uni yerga emas, donxo`rakka tashla, qushlar mazza qilib yeydi. Shunda non ham uvol bo`lmaydi, qushlarning ham qorinlari to`yadi. Ha do`stim, o`zim ham bilmay qoldim. Chunki kayfiyatim yoq edi. Endi bundan keyin hech qachon hech bunaqa qilmayman, deb haligi tashlagan nonni olib ko`ziga surtib, o`pib ketadi.

III- komanda “Sahovat” ularning mavzusi “Bog`”. O`zlari tayyorlagan bo`g maketini olib chiqadilar.

         Bog`bon dalada ishlab yuribdi, bir bezori o`quvchi boqqa o`g`irlikka kiradi va olma o`g`irlaydi.

Uni II-o`quvchi ko`rib qoldi. Salim nega sen olmani bog`bon bobodan so`ramasdan olasan, ahir bu o`g`irlikku? Uni sen qanday qilib yeysan? Birovno norozi qilib narsasini so`ramasdan olish gunohku. Yur bog`bondan kechirim so`ra. Agar u kishi rozi bo`lsalar keyin yeysan. Assalom alaykum bobojon. Va alaykum bolalarim tinchlikmi? Bobojon bizni kechiring so`ramasdan bog`ingizdan so`ramasdan olmadan olibman, mana oling. Bundan keyin hech ham so`ramasdan bog`ingizdan hech narsa olmayman. Uzur . Barakalla bolalarim, bu ishlaring to`g`ri men rozi olinglar faqat bu oxirgisi bo`lsin. Rahmat bobojon.

Aziz bolajonlar ijroingiz uchun rahmat. Ofarin aktyorlik mahoratlaringizga. Qani ayting-chi bolalar qaysi komanda ijrosi sizlarga yoqdi. Ha bolajonlar mavzularingiz ham juda yaxshi tanlangan. Hammasi kuz fasliga oid. Mana ko`rdilaringiz-mi? Kuz fasli juda sahiy barakali va sermazmun. Yana-chi bolalar kuzda juda ko`p bayramlarimiz bor. Aytingchi bolajonlar, kuzda biz qanaqa bayramlarimizni nishonlaymiz? 1-o`quvchi: O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni 1-sentyabr kuni. 2-o`quvchi: Bilimlar kuni, birinchi qo`ng`iroq bu bizning bayramimiz, 1-sentyabr kuni bo`ladi. 3-o`quvchi: 1-oktyabr O`qituvchilar va Murabbiylar kuni bayram sifatida dam olish kuni. 4-o`quvchi: Mehrjon bayrami, bu ham kuz faslida nishonlanadi. Bu mehnatkashlar bayrami bo`lib bozorlarda bobodehqonlar o`zlari yetishtirgan mahsulotlarni yarmarkasi bo`ladi. 5-o`quvchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`i qabul qilingan kun Mana aziz bolajonlar ko`rdilaringizmi kuzda juda ko`p bayramlarimiz nishonlanar ekan. Ana endi yozuv taxtaga diqqat bilan qarang. “Valyuta” va “Sivilizasiya” so`zlari yozilgan, buning ma`nosini tushuntiraman. “Valyuta” bu so`m nisbatan narx ayrboshlash, chetga chiqariladigan barcha turdagi mahsulotlar valyuta hisobiga sotiladi. Sivilizasiya bu taraqqiyot, rivojlanish. O`zbekistonimiz har tomonlama taraqqiy etib rivojlanmoqda. Mana tushunib oldingizmi? Endi komandalar va faol qatnashga o`quvchilar kundaliklaringizni olib keling. Bu payt chiqish bo`lib, qo`ng`iroq chalindi. Uyga vazifani tushunib oling, uyga “Oltin kuz” mavzusini o`qib kelasiz.

O’tkazilgan dars bo’yicha xulosa (o’qituvchi o'zi tomonidan o’tilgan darsni o’zi tahlil qilishi) Men o`zimni o`tkazgan darsimdan qoniqdim deb o`ylayman, chunki bu dars o`zgacha bayramona o`quvchilar ijrosida jonli rollar orqali dars yanada samarali o`tdi deb o`ylayman. Og`zaki nutqi juda yahshi rivojlanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatlari yanada charxlanadi deb o`ylayman. O`zimning izlanishlarim bekor ketmadi shekilli, bolalar ham juda faol qatnashishdi. Ayniqsa sahna ko`rinishlari juda bir-biridan ajoyib, bir-biridan qolishmagan. Tanlagan mavzulari juda m`noli va yaxshi tayyorgarlik ko`rishgan. Xozirgi vaqtda har bir darsimiz shu asosda o`tmoqda. Maktabimizda ayniqsa kompyuterlar borligi ham bizlarni darsimizni yanada qiziqarli, mazmunli o`tishiga yordam bermoqda. O`quvchilarning bilim darajasini oshirishda jonli ijro ya`ni sahna ko`rinishlar ham juda katta imkon beradi. Mavzularni hayotiy bog`liqligi ham yahshi samara berdi.


Ushbu dars haqida maktab metodik bo’limi raxbari, tuman ta’lim boshqarmasi yoki maktab o’qituvchilari yig’ilishining xulosasi yoki fikr-mulohazalari O`tkazilgan dars uchun xulosa: Maktab boshlang`ich sinf o`quv birlashma uslubchisi Xo`jamiyorova N.N. ning yozma tahlili. O`qituvchi Rahmonovaning darsidan juda yaxshi xulosa chiqaraman. Chunki dars juda yaxshi samarali, ajoyib ko`rgazmali ravishda o`tkazildi. Bundan tashqari sahna ko`rinish, kuz fasliga oid ko`rgazmalar, maketlar, paxta, qog`ozdan yasalgan poliz ekinlar bu o`qituvchining pedagogik mahorati, uning izlanishlari natijasidir. O`quvchilarni ham harakatchanligi, fikrlash qobiliyatini keng mustaqil rivojlantirish uslubi ham, o`qituvchi darsini yanada chiroyli o`tishiga ko`mak bo`ldi. Ularning komandalarga bo`linib bellashuvi, rag`batlantirishlari ijobiy bo`ldi. Kelajakda bu o`quvchilar o`qituvchilarni mashaqqatli mahsulini mevasini beradi. Men o`qituvchi Rahimova A.ga ishlariga rivoj, omad tilayman.

Xush kelibsiz![manbasini tahrirlash]

Xush kelibsiz!

Salom, Rahimova Ashuroy! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida quyidagi sahifalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, mana bu sahifaga tashrif buyuring yoki sizni qiziqtirgan savolni munozara sahifamda soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Yana bir bor xush kelibsiz! --Abdulla 07:06, 14 iyul 2007 (UTC) PS. Iltimos, o‘z munozara sahifangizni faqat munozara va suhbatlar uchun ishlating.