Foydalanuvchi munozarasi:Jamshid Nurkulov/2015

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tepaga
Pastga

Bilib-bilmay yangilik kiritmang

Salom! Lotin yozuvida „aluminiy“ yoziladi, „alyuminiy“ emas. Ilmo lugʻatini koʻring. Bilib-bilmay tahrir qilmang. Yana VP:Vikifikatordan foydalanishni oʻrganing. Nataev munozara 06:05, 28-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum. Bir sahifani tarjima qildim. Faqat sahifani nomi -xato ketib qoldi (shu so'z bilan -Foydalanuvchi:Daisy1210/ ). Matnni taxrirlasa bo'larkan leykin sahifa nomini o'zgartira olmayapman. Iltimos yordam bering Daisy1210 (munozara) 04:51, 20-May 2022 (UTC)[javob berish]
"Yana" tugmasini bossangiz "Ko‘chirish" tugmasi chiqadi, shu tugma orqali maqola nomini boshqasiga almashtirishingiz mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 05:32, 20-May 2022 (UTC)[javob berish]

Skype konferensiya

Salom, Jamshid Nurkulov! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat! Bizda vikipediyachilar uchun yaxshi bir aloqa vositasi bor. Bu Skype konferensiyadir. U yerda har qanaqa savolga tez javob olishingiz mumkin. Istasangiz shu konferensiyaga qoʻshiling. Nataev munozara 07:23, 28-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Vikifikatorni ishlatishga misol

Oʻzimning munozara sahifamda yozganimdek, VP:Vikifikatorni ishlatsangiz inglizcha apostrof (') kerakli joylarda oʻzbekcha oʻ, gʻ harflariga va tutuq belgisiga oʻgiriladi. Masalan, mening munozaramda yozgan xabaringizda oʻ, gʻ harflarini notoʻgʻri yozibsiz. Toʻgʻrilash uchun matnning kerakli joylarini belgilaymiz, keyin vikifikator tugmasini bosamiz. Mana bunday boʻladi natija. Agar hech nimani belgilamay vikifikatorni bossangiz, BUTUN matn oʻzgaradi. Unda kirillda qolishi kerak soʻzlar (bu misolda „Абдуллахон ИИ“ni ataylab kirillda yozgansiz) ham lotinga oʻtib ketadi. Shuning uchun kerakli joylarni belgilab olish maʼqul. Butun matnni oʻzgartirsa boʻlaversa unda qoʻrqmay hech nimani belgilamay ishlatavering vikifikatorni. Aytancha, bu hammasi Mozilla Firefoxda yaxshi ishlaydi. Men odatda yozayotib inglizcha apostrofni ishlataman, keyin saqlashdan avval vikifikator tugmasini (u tahrir oynasining pastki qismida, „oʻzbekcha harflar“ degan qatorda joylashgan) bosaman. Ikkinchi savolingizga uncha tushunmadim. Savol kam emas. Savol koʻp. Javob oz. :) Bizga koʻproq tahrirchi kerak. Oʻzbekiston tarixi maqolasida qilayotgan oʻzgaritirishlaringizni davom etavering. Bizga shunaqa tahrir qiladigan foydalanuvchilar kerak. Nataev munozara 11:50, 28-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Ovoz bering

Mana bu yerda „Administratorlikka soʻrovlar“ andozasi muhokamaga qoʻyilgan. Sizning ovoz berishingiz kelajakda oʻzingizni ham administrator boʻlishingizga taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun aktiv boʻlishingizni soʻraymiz. —Химик1991 (munozara) 09:10, 12-Mart 2015 (UTC)[javob berish]