Foydalanuvchi munozarasi:Gulasal004

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1916-yil Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30-yillarda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kelajakka katta umid bilan qaragan. Hamid Olimjon qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan „Ikki qizning hikoyasi“ (1937), ayniqsa, „Zaynab va Omon“ (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan.

Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937) hamda „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Hamid Olimjon oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan („Qoʻlingga qurol ol!“, „Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“ va boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda „Sevgi“, „Sen tugʻilgan kun“, „Jangchi Tursun“, „Roksananing koʻz yoshlari“ singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda „Oʻzbekiston qilichi“ (1942) dramasini yozgan, front safari (1943-yil, fevral) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan. Gulasal004 (munozara) 12:42, 15-Oktabr 2022 (UTC)