Foydalanuvchi:Tuitkf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
(TATU Qarshi filiali, TUITKF)
Universitet asosiy binosi.
Asl nomi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali
Xalqaro nomi Karshi branch of the Tashkent University of Information Technologies
Asos solingan 2005
Oʻquv yurti turi Universitet
Talabalari 1326+
Fakultetlar 2 ta
Bakalavriat 6 ta yoʻnalish
Magistratura 2 ta mutaxassislik
Fan doktorlari 16 ta
Professorlar 16 ta
Manzili Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km, Toshkent shahri, 100020, Oʻzbekiston
Vebsayti www.tuitkf.uz

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy о‘quv yurtlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mazkur oliy о‘quv muassasasida “Axborot xavfsizligi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur ta’lim yо‘nalishlarida 1300 ga yaqin talaba-yoshlar tahsil olib, ularga 78 nafar, shu jumladan, 18 nafar ilmiy darajaga ega malakali professor-о‘qituvchilar saboq berib kelmoqda. О‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish hamda universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bо‘yicha о‘qitishning kredit tizimi joriy etilgan bо‘lib, professor-о‘qituvchilarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb etish ishlari keng yо‘lga qо‘yilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tibbiyot sohasida keng qо‘llash bо‘yicha xalqaro ish tajribalarni о‘rganish maqsadida, “Dasturchilarni tayyorlash”, “Elektron hukumat” markazlari hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “Tibbiyotda texnik reabilitatsiya” ilmiy laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur oliy о‘quv yurtining Novosibirsk davlat texnika universiteti, Moskva texnika aloqa va informatika universiteti, Rossiya Akademiyasi Sibir bо‘limi hisoblash texnologiyasi instituti, Belorussiya davlat informatika va radio elektronika universiteti hamda Tojikiston milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng yо‘lga qо‘yilgan.


Havolalar[tahrir]