Foydalanuvchi:Orzugulmurodovna/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


ZULFIYA (1915-1996)[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug'ilgan. O'rta maktabdan so'ng pedagogika institutida va aspiranturada ta'lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O'zdavnashrda bo'lim boshlig'i, 1950 yildan 1980 yilga qadar “Saodat” jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.

1932 yilda “Hayot varaqlari” nomli birinchi she'riy to'plami bosilgan. So'ngra uning “Yuragimga yaqin kishilar”, “Yurak hamisha yo'lda”, “Kamalak” singari ko'plab she'riy to'plamlari va turkumlari nashr etiladi.

Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni so'roqlab”, “O'g'irlamang qalamim bir kun”, “Bo'm-bo'sh qolibdi bir varaq qog'oz” kabi she'rlari, “O'g'lim, sira bo'lmaydi urush”, “Mushoira” kabi she'rlari mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoirjon Hamid Olimbilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Zulfiya

Xalqaro Javoxarla’l Neru (1968), «Nilufar» (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» (1972) ordeniga sazovor bo‘lgan.

Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi.  Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi.