Mushoira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mushoira (arab. — shoirlar musobakasi) — 1) sheʼriyatning oʻziga xos janri. Odatda, ijodiy hamkorlikning bir koʻrinishi. Bu janrda 2 yoki undan ortiq shoir sheʼr aytishadi, ijodiy musobaqalashadi. Sheʼr bir mavzu, bir vazn, bir xil qofiya tizimida boʻlib, ular gʻoyaviy-estetik va poetik jihatdan uzviy birikadi va yaxlit asarni vujudga keltiradi. Firdavsiyning mashhur qalamkashlar — Unsuriy, Asjadiy va Farruxiy bilan M. qilib, gʻolib chiqqani qaqida rivoyatlar bor. Goʻyo shu M.dan keyin Firdavsiy "Shoh-noma"ni yozishga kirishgan ekan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida M.ning mashhur na-munasi Fazliy va Maxzuna (19-asr) oʻrtasida boʻlib oʻtgan aytishuv (gʻazal)dir. M. ogʻzaki yoki yozma tarzda yaratilib, xalqijodiyotida ham kengtarqalgan. M.ga monand janr boshqa xalqlarda ham bor (mas, qozoq va qirgʻizlarda "aytisuv"); 2) sheʼrxonlik, adabiyotchilar yigʻini.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil