Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/Zikkuratlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
  ZIKKURATLAR
  
   Zikkuratlar taxminan miloddan avvalgi 2200-yildan 500-yilgacha Mesopotamiyaning yirik shaharlariga (hozirgi asosan Iroqda) xos bo'lgan me'moriy va diniy inshootdir. Zikkuratlarning asosi har doim loy g'ishtdan qurilgan va tashqi tomoni pishiq g'isht bilan qoplangan. Zikkuratlar odatda kvadrat yoki to'rtburchak shaklida bo'lib, tag qismi o'rtacha 170 fut ( 50 metr)kvadrat yoki 125*170 fut(40*50 metr) edi. Shumer, Bobil va Ossuriya o'rtasida teng taqsimlangan 25 ga yaqin zikkuratlar ma'lum. Hech qaysi bir Zikkurat o'zining balandligini saqlab qolmagan. Ularning nishab yon tomonlari va ayvonlari ko'pincha daraxtlar va butalar bilan bezatilgan ( shuning uchun Bobil osma bog'lari). Eng yaxshi saqlanib qolgan zikkurat Urda ( zamonaviy Tall al-Muqayyor,Iroq) joylashgan. Elamdagi Chog'a Zanbilda ( hozirgi Eronning janubiy-g'arbiy qismida) eng kattasi 335 fut ( 102 metr) kvadrat va balandligi 80 fut(24 metr) bo'lib, bu uzunlik uning to'liq uzunligining yarmiga teng.Zikkurat qadimgi davrga oid bo'lib, Eronning hozirgi Koshan shahridagi Tepe Sialkda joylashgan.Afsonaviy Bobil minorasi xalq orasida Bobildagi buyuk Marduk ibodatxonasining zikkurati bilan bog'langan.