Foydalanuvchi:Nureeckonline/Coursera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Coursera Inc.
Joriy holati Faol
Tijoratmi Xa
Sayt turi Onlayn ta'lim
Qaysi tillarda Ko'p tilli
Muassisi Andrew Ng, Daphne Koller
Ochilgan sanasi 2012, aprel
Aylanma mablagʻi 293.5 million AQSh dollar (2020)
Joylashuv Mautain Vyu, Kalirfornia, AQSh

Coursera Inc. 2012-yilda [1] Stenford universitetining kompyuter fanlari professorlari Endryu Ng va Dafne Koller tomonidan asos solingan yirik ochiq onlayn kurs provayderidir. [2] Coursera turli fanlar bo'yicha onlayn kurslar, sertifikatlar va darajalarni taklif qilib, universitetlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 2021-yilda, 150 ga yaqin universitet Coursera orqali 4000 dan ortiq kurslarni taklif qilgani taxmin qilinadi. [3]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coursera 2012 yilda [4] Stenford universitetining kompyuter fanlari professorlari Endryu Ng [5] va Dafne Koller tomonidan tashkil etilgan. [6] Ng va Koller o'zlarining Stenford kurslarini 2011-yil kuzida onlayn taklif qila boshladilar [7] va ko'p o'tmay Stenforddan Courserani ishga tushirish uchun ketishdi. Prinston, Stenford, Michigan universiteti va Pensilvaniya universitetlari birinchi bo'lib platformaga kontent chiqarishni boshladilar. [8]

2014-yilda Coursera Webby (Ta'lim bo'yicha saytlar, 2014) va "Xalq ovozi" mukofotlarini (Ta'lim bo'yicha saytlar) mukofotlarini oldi. [9]

Coursera daromadi 2020-yilda 184 million dollar (2019)dan 294 million dollargacha oshgan. Bugungi kunga qadar Coursera foyda ko'rmagan. Kompaniya 2020-yilda marketing va reklamani kuchaytirish uchun 66 million dollar sarflagan.

2021-yilning birinchi choragida, Coursera daromadi 88,4 million dollarni tashkil etdi va bu o'tgan yilga nisbatan 64 foizga ko'p. Sof zarar esa 18,7 million dollarni tashkil qildi.


2021-yilning uchinchi choragida Coursera daromadi 109,9 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgiga 33% ga ko'p. Yalpi foyda 67,7 million dollar yoki daromadning 61,6 foizini tashkil etdi. Sof zarar (32,5) million dollar yoki daromadning (29,5)% ni tashkil etdi.

Moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Platforma Kleiner Perkins Caufield & Byers va New Enterprise Associates tomonidan dastlabki 16 million dollarlik investitsiyani jalb qildi. 2013-yilda , GSVdan B seriyada 63 million dollar mablag' jalb qildi. 2015-yilda NEA venchur tashkiloti 60 million dollarni C seriya doirasida Courseraga investitsiya qiladi. 2017-yilda kompaniya D seriya bo'yicha 64 million dollar mablag' jalb qildi. [10] 2019-yilda kompaniya SEEK Group, Future Fund va NEA tomonidan E seriya doirasida 103 million dollar qiymatida investitisiya oldi. [11] 2019-yilda kompaniyaning qiymati 1 milliard dollardan oshdi. 2020-yil iyul oyida Coursera F seriyali moliyalashtirishda 130 million dollar jalb qilib, bozordagi qiymati 2.5 milliard dollarga yetganini e'lon qildi. [12]

Biznes modeli[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil sentabr oyida platforma 1 million dollar daromad ko'rganini e'lon qildi. Bu mablag' tasdiqlangan sertifikatlarni sotish orqali kelgan edi. [13] Coursera 2013-yilda toʻlovga asoslangan kurslar seriyasini chiqardi. 2015-yil oktabr holatiga ko‘ra, kompaniya jami 146,1 million dollar investitisiya jalb qildi. [14]

2016-yil yanvar oyida Coursera "Mutaxasisliklar" tarkibiga kiruvchi kurslarda baholar va vazifalarni olish uchun to'lov qilish tizimini joriy qildi. [15] Kompaniya muhtoj odamalrga moliyaviy ko'mak berib, kurslarni bepul taqdim etadi. [16] 2016-yil-iyul oyida kompaniya Coursera for Business deb nomlangan korporativ mahsulotni ishga tushirdi. TechCrunch ta'kidlashicha, kompaniya daromadli hisoblanadigan korporativ o'qitishdan qo'shimcha daromad ko'rmoqchi edi. Bu soha AQShning o'zida 12 milliard dollarga baholangan. [17] Coursera for Business mijozlariga L'Oréal, Boston Consulting Group va Axis Bank kiradi. 2016-yil oktyabr oyida Coursera 1 Mutaxassisliklar uchun oylik obuna modelini ishga tushirdi. 1 hafta bepul foydalanish imkoni yaratildi. Kompaniya xabarida, kurslarning narxi mutaxassisliklar mavzusiga qarab o'zgarishi aytilgan. [18]

2017-yil yanvar oyida kompaniya Coursera for Governments & Nonprofits dasturini ishga tushirdi. Coursera Qo'shma Shtatlardagi Faxriylar va Harbiy Oilalar Instituti (IVMF) va Misr, Mo'g'uliston, Singapur, Malayziya, Pokiston va Qozog'istondagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni boshlaganini e'lon qildi. [19] 2017 yil iyun oyida Jeff Maggioncalda Coursera bosh direktori bo'ldi. [20] [21] [22]

2018-yil mart oyida, Coursera oltita toʻliq onlayn diplomli kurslarni va shu jumladan, turli sohalarda bakalavr va magistrlik kurslarini ishga tushirdi. [23]

2021-yil mart oyida Coursera IPO uchun ariza berdi. [24] To'qqiz yoshli kompaniya 31-dekabrda yakunlangan moliyaviy yil uchun taxminan 293 million dollar daromad ko'rganini e'lon qildi. Bu 2019-yilga nisbatan 59 foizga o'sish deganidir, Sof zarar yiliga qariyb 20 million dollarga oshib, 2020-yilda 66,8 million dollarga yetdi [25] Coursera 2020-yilda marketing uchun 107 million dollar sarflagan. [26]

Mahsulot va xizmatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coursera kurslari haftalik 1-2 soatlik videodarslardan iborat bo'lib, 4 haftadan 12 haftagacha davom etishi mumkin. Ushbu kurslar o'z ichiga viktorinalar, haftalik mashqlar, tengdoshlar tomonidan baholanadigan va ko'rib chiqiladigan topshiriqlar, ixtiyoriy topshiriqlar va ba'zan kursni yakunlash uchun yakuniy loyiha yoki imtihonni o'z ichiga oladi. [27]

"Coursera Impact Report 2020" ma'lumotlariga ko'ra, odamlar Courseradan o'rganadigan eng mashhur beshta kurs: kontaktlarni kuzatish, raqamli marketing, loyihalarni boshqarish, Python dasturlash va ijtimoiy psixologiya. [28]

Darajalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yildan boshlab Coursera magistratura darajasidagi kurslarni taklif qilishni boshladi. Platformada Parijdagi HECdan Innovatsiyalar va tadbirkorlik magistri (OMIE) va Illinoys universitetining Buxgalteriya hisobi magistri (iMSA) bilan boshlashgan bo'lsa-da, keyichalik ma'lumotlar fanlari bo'yicha kompyuter fanlari magistri va biznes boshqaruvi magistri (iMBA)ni taklif qila boshalshgan.[29]

Professional sertifikatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google, IBM, Meta [30] va boshqa taniqli kompaniyalar oʻquvchilarga maʼlumotlar tahlili, IT qoʻllab-quvvatlash, raqamli marketing, UX dizayni, loyihalarni boshqarish, ma'lumotlar ilmi va boshqa sohalar bo'yicha professional kurslarni taqdim qilib kelmoqda.Google ma'lumotlariga ko'ra, ularning kurslarni 4 yillik Bakalavr darajasiga teng. Shuningdek, ular 10 000 ta grant e'lon qilishdi.[31] Google va uning 20 dan ortiq hamkorlari bu sertifikatlarni 4 yillik bakalavr diplomiga tenglashtiradi. [32][33]

Ta'sir[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda COVID-19 pandemiyasiga javoban Coursera London Imperial kolleji qoshidagi Jameel instituti kursi paydo bo'ldi. [34] "Ilm-fan masalalari: COVID-19 haqida gaplashamiz" deb nomlangan kurs 2020 yilda Courseradagi eng ommabop kurs bo'lib, o'sha yili 130 000 dan ortiq o'quvchilar ro'yxatdan o'tgan. [35] Kurs Jameel Instituti tadqiqot bo'limi professori Xelen Uord va direktor o'rinbosari doktor Katharina Xauk hamda Imperial kollejidagi boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlikda taqdim qilingan. [36]

Homiylik dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil mart oyida global COVID-19 pandemiyasiga javoban Coursera oʻz hamkorlari bilan birgalikda global pandemiyadan zarar koʻrgan odamlar uchun 115 dan ortiq sertifikat taqdim qiluvchi kurslarni bepul qilib qo'ydi. Bu ishini yo‘qotgan, ishdan bo‘shatilgan, maoshlari kamaytirilgan yoki tan olingan sertifikatlar orqali o‘z texnik ko‘nikmalarini o‘rganish va rivojlantirish orqali takomillashtirishni xohlovchi odamlarga yordam berish tashabbusining bir qismidir. Dastur 2020-yil 31-dekabrda yakunlandi. Lekin Courseradagi bepul kurslarni audit qilish orqali ko'rish imkoniyati saqlanib qolmoqda. [37]

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  2. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  3. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  4. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  5. Quora.. „Coursera Co-Founder Andrew Ng: AI Shouldn't Be Regulated As A Basic Technology“.
  6. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  7. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  8. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  9. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  10. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  11. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  12. Adams.. „Online Learning Platform Coursera Raises $130 Million At Reported $2.6 Billion Valuation“ (2020-yil 17-iyul).
  13. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  14. Staff.. „Coursera: CNBC Distruptor“ (2013-yil 9-yanvar).
  15. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  16. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  17. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  18. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  19. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  20. Korn.. „Coursera Names Financial Engines Ex-CEO Jeff Maggioncalda as New Leader“ (2017-yil 13-iyun).
  21. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  22. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  23. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  24. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  25. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  26. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  27. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  28. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  29. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  30. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  31. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  32. „Google Has a Plan to Disrupt the College Degree“ (2020-yil 19-avgust). 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  33. „Google sets out to disrupt four-year degrees“. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  34. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  35. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  36. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  37. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  • URL topilmadi.