Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nodir Meliev/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pulning paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pul deb nomlangan maxsus tovarning paydo boʻlishi natijasida odamlar oʻrtasida ayirboshlash bilan bogʻliq ziddiyatlar va „ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi“ kabi muammolar barham topdi.

Pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos boʻlib xizmat qiladi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi davrda odamlar oʻz ehtiyojidan ortib qolgan isteʼmol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati boʻlmaganligi bois ularni oʻzlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu oʻz – oʻzidan odamlar oʻrtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda oʻziga zarur boʻlmagan buyumning oʻrniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.

Pulning mohiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida eʼtibor qaratgan boʻlmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga koʻtarib, unga „pul – bu muomalaning buyuk gʻildiragi“, „savdo sotiqning yuksak quroli“ sifatida taʼrif beradi. D.Yum Adam Smitning pul xususidagi qarashlariga eʼtiroz bildirib, „Pul bu – savdo – sotiqning gʻildiragi emas, balki u yogʻ, shu savdo – sotiq gʻildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir“ degan fikrni bildiradi.

Pulning shakillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Qiymatning oddiy shakli

Qiymatning ushbu shakli natural xoʻjalik tuzumiga xos boʻlib, mahsulotlarning ortiqchaligi vaqti – vaqti bilan vujudga kelgan sharoitda amal qilgan. Qiymatning oddiy shaklida ishlab chiqarish hajmining pastligi, yaratuvchi va oluvchining manfaatlari doimo ham bir – biriga mos kelmagan ayirboshlash jarayonida maʼlum tovarlargina ishtirok etgan.

  • Qiymatning kengaytirilgan shakli

Qiymatning kengaytirilgan shakli jamiyatda mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bogʻliq boʻlib, ushbu davrda, kishilar oʻrtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi kishilar mahsulotning asosiy qismini ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshladi.

  • Qiymatning umumiy shakli

Bu sharoitda umumekvivalent sifatida eʼtirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V – IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur boʻlgan tovarni oʻzlashtirishga qaratildi.

  • Qiymatning pul shakli

Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymatining oʻzgarmasligi, sifatining buzilmasligi) uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi.

  • Qiymatning qogʻoz – pul shakli

Dastlabki qogʻoz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga toʻgʻri keladi. Shu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar oʻrnini qogʻoz pullar egallay boshladi.

Qogʻoz pullarni kirib kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi.
  2. oltin va kumush muomalada qoʻldan qoʻlga oʻtishi natijasida yemirilib, oʻzining dastlabki hajmi va xossasini yoʻqotishi.
  3. qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi.
  4. iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi.

Pulning rivojlanish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pulning hozirgi kundagi koʻrinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar koʻrinishidan hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qogʻoz va elektron pullar koʻrinishigacha yetib keldi.

Tanga pullarning rivojlanish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan avvalgi VII asrda paydo boʻlganligini taʼkidlaydi. Manbalarga koʻra, birinchi oltin pullar bizning eramizgacha boʻlgan VII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrugʻi bilan zarb etilgan. Oltinga oʻzining tasvirini tushirib zarb qilgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi, oʻsha davrda oltinning qiymati uning probasi va ogʻirligi bilan oʻlchanar edi.

Oʻzbekiston hududida dastlabki metall tangalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning ogʻirligi 8,4 grammni tashkil etgan boʻlib, „darik“ deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. Oʻsha vaqtlarda, yaʼni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi Oʻzbekistonning asosiy qismi, yaʼni Xorazm, Sugʻdiyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida boʻlganini hisobga olsak, ushbu „darik“lar Oʻzbekiston zaminida amal qilgan bizga maʼlum birinchi tangalar boʻlgan desak xato qilmaymiz. Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul tizimini joriy etdi. SHu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm boʻlgan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar toʻlovi uchun vazni 2,8 gramm boʻlgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha „follis“ hamyon maʼnosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham oʻsha davrda muomalada boʻlgan. XII asrning oʻrtalarida, Xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadi. XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm oʻziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni boʻysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 – 1200 yillar) va uning oʻgʻli Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.

Qogʻoz pullarning muomalaga kiritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarga koʻra, dastlabki qogʻoz pullar X asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qogʻoz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qogʻozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qogʻoz pullar „erkin tanga“, keyinchalik „qimmatbaho qogʻoz tangalar“ deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan toʻlov vositalari boʻlsada oltin yoki tovarlar bilan taʼminlanmagan edi.

Oʻzbekistonda qogʻoz pullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qogʻoz pullar tanga deb atalgan. oʻzbekistonning qogʻoz pullari

  1. Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O. I. Lavrushina. – 5 – e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 25.
  2. Yum D. Opiti. –M.: Izdanie K. T. Soldatenkova, 1986. –S.20.
  3. Abdullaeva Sh. Z. Pul, kredit va banklar. –T.: „Iqtisod – moliya“, 2007, 8 – b
  4. Smit A. Issledovnie prirode i prichinax bogatstva narodov. Tom 1. –S.418, 421.