Foydalanuvchi:Husniya2012/Bahoullo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BAHOULLO (asl ismi Mirzo Husayn Ali Nuri) (1817 — 1892) – bahoiylik asoschisi. Bobiylik harakatining koʻzga koʻringan namoyandalaridan, Bobiyning yaqin safdoshlaridan. Bobiylarning Eron shohiga uyushtirgan suiqasdi muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin B. Iroqqa qochgan (1852), bu yerda oʻzini Bob ishini davom ettiruvchi va xudodan vahiy olgan mahdiy deb eʼlon qilgan.

1858-y. da Bagʻdodda chiqkan «Kitobi iyqon» («Ishonch kltobi») asarida Bob taʼlimotiga boʻlgan munosabatini aks ettirgan. 1873-y. da Falastinda «Kitob al-aqdas» («Eng muqaddas kitob») asarini yozadi, unda bahoiylik taʼlimotining asosiy gʻoyalarini bayon etadi. Keyinchalik Bahoullo oʻz taʼlimotini davom ettirishni katta oʻgʻli Abbos afandiga (taxallusi Abdulbaho, 1920-y. v. e.) vasiyat qiladi. Uning avlodlari hamon oʻz gʻoyalarini targʻib etmoqdalar

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/bahoullo/